Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


-§. Aqli rasolik va aqli norasolik



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

3-§. Aqli rasolik va aqli norasolik: 
tushuncha va mezonlar 
Jinoyat subyekti faqatgina ong va irodasi bor, ya’ni aqli raso shaxs 
bo‘lishi mumkin. 
Qonunchilik bilan o‘rnatilgan jinoyat subyektining belgisi sifatida aqli 
rasolik va shaxsning yoshi o‘zaro bir-biri bilan chambarchas bog‘langan 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2000 йил 15 сентябрдаги «Вояга 
етмаганларнинг жиноятлари ҳақидаги ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги қарори 21-сон қарори, 5-банди 
1-
қисми // Тўплам, 2-жилд. – Б. 25. 
2
Ўша жойда. 
240 


bo‘lib, jinoyat tarkibida o‘zaro bir-birini to‘ldirib turadi, jinoyat 
subyektinigina emas, balki jinoyat tarkibini aniqlashda ham muhim 
ahamiyatga egadir. Bu belgilarning mavjud bo‘lmasligi yoki ulardan 
birining mavjud bo‘lmasligi ham jinoyat tarkibining yo‘qligini bildiradi. 
Shuningdek, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning aybdorlik va 
jinoiy javobgarlik masalasi bekor bo‘ladi.
O‘z xatti-harakatlarining faktik tomonini va ahamiyatini to‘g‘ri 
tushunib yetish va baholash qobiliyati hamda shu bilan birga o‘zining 
harakatlarini va irodasini ongli boshqarish aqli raso shaxsni aqli noraso 
shaxsdan ajratib turadi. 
NOTA BENE ! 
Jinoyat subyekti belgisi sifatida aqli rasolik shaxsning muayyan 
rivojlanish bosqichidagi qobiliyati, ijtimoiylashuvidan kelib chiquvchi 
yoshdagi va jinoyat sodir etish vaqtidagi ruhiy jihatdan sog‘lig‘i hamda 
harakatlari uchun o‘z-o‘ziga hisob berishi va ularni boshqarishi, 
keyinchalik jinoiy javobgarlik va jazoni o‘tashdagi ruhiy holati sifatida 
belgilanadi. 
Aqli rasolik jinoiy javobgarlikning va aybning dastlabki sharti bo‘lib, 
u shaxsning o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglashi va 
boshqara olishi bilan belgilanadi (JK 18-moddasi 1-qismi). 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin