Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Aqli norasolik – bu shunday holatki, bunda shaxs jinoyat sodir etish 
vaqtida sodir etayotgan harakatlar (harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfli 
xususiyatini anglay va boshqara olmaydi. Bu o‘z navbatida, jinoiy 
javobgarlikni istisno qiladi. 
Aqli norasolikda ruhiyatning kasallik jarayonlari tufayli, qoidaga 
ko‘ra, miyaning qabul qilish funksiyasi buziladi, buning natijasida, odatda, 
ongning muhim sifati – anglash yo‘qoladi.
Aqli norasolik ham aqli rasolik kabi ikki: yuridik (psixologik) va 
tibbiy (biologik yoki psixiatrik) mezonlar orqali belgilanuvchi, ijtimoiy 
xavfli qilmish sodir etgan shaxsni jinoyat subyekti hisoblamasdan oldin, 
uning ruhiy holati to‘g‘risida har tomonlama baho berish imkonini beradi.
Aqli norasolikning yuridik mezoni jinoyat sodir etish vaqtida 
shaxsda o‘z harakatlarining faktik xususiyatini va qilmishining ijtimoiy 
xavfini anglash (intellektual) va boshqarish (irodaviy) imkoni yo‘qligida 
aks etadi. Bu mezon ruhiy buzilishlar og‘irligini psixologik tushunchalar 
243 


orqali aniqlaydi va bu bilan sudga ekspert bahosi natijasini tushuntirib, 
shaxsning aqli rasoligini istisno qiladi. 
Yuridik mezonni o‘rnatish uchun uning elementlaridan birining 
bo‘lishi yetarli: yoki intellektual yoki irodaviy payt orasida «yoki» 
bog‘lovchisidan foydalanish orqali JK 18-moddasi 2-qismi 
dispozitsiyasini ifodalashda tasdiqlangan. 
Aqli norasolik yuridik mezonining intellektual belgisi jinoyat sodir 
etish vaqtida harakatlarni anglay olmasligini bildiradi, ya’ni bu qandaydir 
ruhiy buzilishi bo‘lgan shaxsning u yoki bu muayyan sharoit yoki holatda 
o‘z jinoiy qilmishining ijtimoiy xavfliligi va faktik xususiyatini to‘la 
anglay olmasligidir. Ruhiy kasal shaxsning normal fikrlash faoliyatining 
buzilganligi unga obyektiv borliqda o‘zini to‘g‘ri tutish va atrof-tashqi 
olam hodisalarini qabul qilish imkoniyatini bermaydi. Ruhiyati buzilgan 
shaxs har bir muayyan holatda nafaqat o‘z harakatlarini anglamaydi, balki 
ular oxir-oqibat nimalarga olib kelishini ham tushunmaydi. Yuridik 
mezonning intellektual belgisi jinoyat qonunida (JK 18-moddasi 2-qismi) 
qandaydir ruhiy kasallik sababli «o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay 
olmagan» deb bejiz ko‘rsatilmagan.
Ta’kidlash joizki, amaliyotda shunday holatlar borki, shaxs o‘z 
qilmishini anglaydi, ammo ularni boshqarish imkoni bo‘lmaydi, ya’ni 
uning irodaviy holati shikastlangan. Bu holatda so‘z yuridik mezonning 
irodaviy belgisi to‘g‘risida boradi.
Yuridik mezonning irodaviy belgisi, o‘z-o‘zidan, ruhiy buzilishlar 
ta’siri ostida, ya’ni kasallik holatida shaxsning o‘z harakatlarini boshqarish 
imkoniyatiga ega bo‘lmasligida ko‘rinadi. Ya’ni, e’tibor shaxsning jinoyat 
sodir etish vaqtidagi kasallik holatiga emas, balki uning ruhiy holatiga 
qaratilishi kerak. Ruhiy kasallik inson ongini buzib, boshqa psixik 
funksiyalari buzilishiga ham olib keladi hamda buning natijasida 
shaxsning nafaqat o‘z harakatlarini anglashi va tushunishi, balki 
boshqarish qobiliyati ham yo‘qoladi, masalan, ruhiy kasallarda o‘g‘irlikka 
moyilligi kuchli (kleptomaniya), o‘t qo‘yishga hirs (piromaniya), 
maqsadsiz xayollarga intilish, daydilik (dradomaniya), odam o‘ldirish yoki 
o‘zini-o‘zi o‘ldirishga intilish (gomitsidomaniya, suitsidomaniya) kabi 
244 


holatlar paydo bo‘ladi. Bu kasalliklar o‘z harakatlarini tushunish va ruhiy 
buzilishlar (ruhiy kasalliklar)dan biri bo‘lganda bunday intilish va 
qiziqishlarga qarshilik qila olmaydi, ularni doim kuzatib yuradi va tinchlik 
bermaydi. 
Shunday qilib, aqli norasolik holati, tibbiy va yuridik mezonlar 
majmuini tashkil qilib, jinoyat sodir etish vaqtida shaxs yo o‘z 
harakatlarining faktik xususiyatini va ijtimoiy xavfini anglay olmaslik 
qobiliyati bo‘lmasligiga (intellektual belgi) yoki ularni boshqara olish 
qobiliyatining bo‘lmasligiga (irodaviy belgi) yo‘l qo‘yadi. Amaliyotda 
shunday holatlar uchraydiki, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishda yuridik 
mezonning intellektual va tibbiy belgisi birgalikda shaxs aqli norasoligini 
ifodalaydi. Bu holatda so‘z «ideal» aqli norasolik holati haqida boradi, 
qachonki, ruhiy buzilish bo‘lganda shaxs huquqbuzarlik sodir etgan vaqtda 
nafaqat o‘z harakatlarining faktik xususiyatini va ijtimoiy xavfini anglay 
olmaydi, balki ularni boshqara olmaydi ham. Odatda, bu patologik mastlik 
yoki surunkali ruhiy buzilishlar va boshqa kasallik holatlarida bo‘ladi. 
Shaxsni aqli noraso deb topish uchun yuridik mezon tibbiy mezonning 
natijasi bo‘lishi lozim. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin