Aqli rasolikning tibbiy mezoni sud-psixiatriya ekspertizasidan kelib
chiqib aniqlanadi, zero bu jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsning
tibbiyot nuqtai nazaridan biologik va psixologik butunligi, fikrlash
jarayonining me’yorda ekanligi va boshqa fikrlash faoliyatining o‘ziga
xosliklarini o‘rnatadi.
Aqli rasolikning tibbiy mezoni sog‘lom insonning psixik va tibbiy
nuqtai nazardan ruhiy holatini aks ettiradi.
Aqli norasolik aqli rasolik tushunchasiga qarama-qarshi tushuncha
bo‘lib, u jinoyat qonunchiligida ochib beriladi
(JK 18-moddasi 2-qismi).
Qandaydir ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan aqli noraso shaxs
jinoyat subyekti bo‘la olmaydi. U jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va
unga nisbatan jinoiy jazo tayinlash mumkin bo‘lmaganligi tufayli, unga
faqatgina tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanishi mumkin. Ongli
va maqsadli harakatlarning bo‘lmasligi aqli noraso qilmishni kvalifikatsiya
qilishning o‘ziga xos xususiyatini shartlaydi.
Dostları ilə paylaş: