Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Giyohvand mastlik holati dori shaklidagi yoki dori shaklida 
bo‘lmagan giyohvand moddalarni qabul qilish yoki ularning organizmga 
ta’siri natijasida kelib chiqadi. Bunday mastlik tabletkalar, kukunni qabul 
qilish, inyeksiya, kukunni burni orqali tortish, giyohvand moddalarni 
chekish bilan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda 
qabul qilingan «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar 
to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, 
giyohvand 
vositalar 
deganda, 
giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston 
Respublikasida nazoratga olingan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy 
moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan preparat va o‘simliklar 
tushuniladi
1
. Berilgan ro‘yxatlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi va nashr etiladi. 
O‘z navbatida, giyohvand dori vositalaridan davolash maqsadlarida 
foydalaniladi va kasal fuqarolarga shifokor ko‘rsatmasi asosida individual 
tartibda beriladi. Davolash maqsadlarida foydalaniladigan bu giyohvand 
moddalar O‘zbekiston Respublikasida oboroti cheklangan giyohvand 
moddalarning ikkinchi ro‘yxatiga kiritilgan. 
Giyohvand mastlik alkogolli mastlikdan farqli ravishda o‘ziga 
xosliklarga ega va tashqi ko‘rinishiga ko‘ra eyforik sifatida aniqlanishi 
mumkin. U, shuningdek, holsizlik va uyqusizlik, ko‘pincha yuz 
ifodasining ma’nosizligi, palapartish va noaniq nutq bilan tavsiflanadi. 
O‘zini tutish surati alkogolli mastlik holatida bo‘lgan shaxsning o‘zini 
tutishini eslatadi va o‘xshaydi, faqat alkogolning hidi bo‘lmaydi. 
Subyektning o‘zi holsiz, kamharakat va qat’iyatsiz bo‘lib qoladi. 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг 1999 йил 19 августдаги «Гиёҳвандлик воситалари ва психотроп 
моддалар тўғрисида»ги 813–I-сон Қонуни, 3-модда // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 
Ахборотномаси, 1999 й., 9-сон, 210-модда. 
254 


Ko‘pincha giyohvand mastlik gallyutsinatorlik hayajonlari bilan 
kuzatiladi. 
Ta’kidlash joizki, bu holatda alkogolli mastlik kabi o‘z harakatlarini 
anglash va boshqarish saqlab qolinadi. Shunga qaramay, bunday holatda 
shaxs atrofdagilar uchun xavfli bo‘ladi va biron-bir jinoyat sodir etishi 
mumkin. 
Shuni ta’kidlash kerakki, giyohvand moddani ularning analoglarini 
notibbiy usulda va ko‘p qabul qilish giyohvandlik deb nomlangan kasallik 
xususiyatini oladi. Kasallik sifatida giyohvandlikning o‘ziga xosligi, 
giyohvand moddalar, ularning analoglarini qabul qilishga doimiy moyillik, 
shuningdek, alkogolizm kabi ularga ruhiy va jismoniy bog‘liqlik, shaxs 
ruhiyatida chuqur o‘zgarishlar va organizm funksiyalarining ishdan 
chiqishiga olib keladi. Bunda giyohvandlikning o‘ziga xosligi uni nafaqat 
kasallik sifatida, balki shaxs va jamiyatga katta zarar yetkazadigan 
muammo sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi. 
Giyohvandlik tibbiy aralashuvni talab etadigan kasallikni aks ettiradi, 
giyohvand moddalar, ularning analoglarini ko‘p iste’mol qiladigan va 
jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan esa jinoiy jazo bilan birgalikda sud JK 
91-moddasi 2-qismi asosida giyohvandlikdan majburiy davolash 
ko‘rinishidagi tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashi mumkin. 
Shu bilan birga, JK 19-moddasi nafaqat alkogolli va giyohvand 
mastlik holatida jinoyat sodir etganlik uchun, balki psixotrop va boshqa 
moddalarning inson organizmiga, to‘g‘rirog‘i aql-irodasiga ta’siri va kelib 
chiqqan holatga nisbatan ham jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin