ya’ni JK Maxsus qismi konkret moddalari dispozitsiyasida ko‘zda tutilgan
qilmish hali sodir qilinmaydi. Boshqacha aytganda, jinoyatga tayyorgarlik
ko‘rish va suiqasd bosqichlari orasidagi tafovut, jinoyat sodir etish
harakatlariga asoslanadi. Bu harakatlar ikki xil turda bo‘ladi: biri jinoyat
tarkibining elementi bo‘lsa, ikkinchisi jinoyat sodir etilishini ta’minlovchi
aktdir. Bu harakatlarning birinchi turi suiqasd bosqichiga xos bo‘lsa,
ikkinchisi jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida namoyon bo‘ladi.
Jumladan, harakat jinoyat tarkibining unsuri sifatida, qonunda
ko‘rsatilgan muayyan alomatlar (talon-toroj qilish, yolg‘on ma’lumot
tarqatish, targ‘ib qilish va h.k.)ga ega. Shu sababli, har qanday harakat,
hatto u jinoiy suiqasd bilan sodir etilgan bo‘lsa ham, tegishli jinoyat
tarkibining obyektiv tomoni sifatida harakatni hosil qilavermaydi. Misol
uchun, o‘t qo‘yish maqsadida benzin sotib olish, shubhasiz, harakat
bo‘lgani holda, o‘t qo‘yish (mulkni qasddan nobud qilish, JK 173-
moddasi) tarkibining unsuri hisoblanmaydi, xuddi shuningdek, birovni
urish uchun tayoqning egallanishi ham badanga shikast yetkazish
tarkibining unsurini hosil qilmaydi va h.k. Bundan tashqari, shuni
unutmaslik kerakki,
JK 25-moddasi 1-qismining mazmuniga ko‘ra,
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida aybdor tomonidan amalga
oshirilgan harakatlar, qasddan jinoyat sodir etish uchun shart-sharoit
yaratishga, shuningdek, bundan keyin jinoyatni yashirishga qaratilgan
bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: