Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Jinoyat sodir etishga sharoit yaratuvchi boshqa harakatlar



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Jinoyat sodir etishga sharoit yaratuvchi boshqa harakatlar 
deganda, boshqa, yuqorida tilga olingandan tashqari jinoyat sodir etishga 
qulaylik, yengillik tug‘diruvchi barcha harakatlarni tushunish mumkin. 
Masalan, jinoyat sodir etish vaqti va sharoitini aniqlash, jinoyat sodir 
etishga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etish kabi 
harakatlar bo‘lishi mumkin. Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, qurollarni 
topish, moslashtirish, o‘zaro til biriktirish va hokazolardan farqli, jinoyat 
sodir etishga sharoit yaratuvchi boshqa harakatlar harakatsizlik orqali ham 
bajarilishi mumkin. Masalan, post qo‘riqchisi ataylab bino eshigini ochiq 
qoldirishi oqibatida, uning jinoiy sheriklari mol-mulkni o‘g‘irlab ketishadi. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, turli vositalar va qurollarning 
egallanishi, 
o‘g‘irlanishi, 
o‘zlashtirilishi, ro‘zg‘or buyumlarining 
tayyorlanishi jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deb baholanishi mumkin emas, 
basharti ulardan muayyan jinoiy maqsadlarda foydalanish niyati ular 
jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishidan oldin paydo bo‘lganligi 
isbotlangan bo‘lmasa. 
269 


Tayyorgarlikni jinoyat sodir etish bosqichi sifatida faqat aniq bir 
jinoyat sodir etish uchun tayyorgarlik ko‘rilgandagina baholash mumkin. 
Bunda shaxs o‘z jinoiy niyatini oxirigacha amalga oshirishga tayyor. 
Shaxs keyinchalik muayyan jinoiy qilmish vositalari yoki qurollari tarzida 
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan turli predmetlarni «har ehtimolga qarshi» 
egallagan, yasagan yoki moslashtirgan hollarga jinoyatga tayyorgarlik 
ko‘rish deb qaralishi mumkin emas, chunki bunday harakatlar yagona 
jinoyat sodir etish bosqichini hosil qilmaydi. To‘g‘ri, ayrim hollarda ular 
mustaqil jinoyatlar bo‘lishi mumkin, misol uchun, o‘qotar qurol, 
shuningdek, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini 
qonunga xilof ravishda tayyorlash yoki qo‘lga kiritish JK 248-moddasida 
ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibini tashkil qiladi. Shu bilan birga, agar qurol-
yarog‘, misol uchun, bosqinchilik sodir etish uchun olinganligi aniqlansa, 
ishning konkret holatlariga ko‘ra aybdorning harakatlari JK 248-moddasi, 
25-moddasi 1-qismi va 164-moddasi 2-qismi «a» bandiga binoan 
kvalifikatsiya qilinishi lozim. 
Aybdorda qonunga xilof ravishda tayyorlangan, egallangan, 
saqlanayotgan giyohvandlik vositalari ularning analoglari yoki psixotrop 
moddalarni o‘tkazish (JK 273-moddasi) jinoiy niyatining mavjudligi 
masalasini hal qilishda, sudlar, mazkur vositalar yoki moddalar 
o‘tkazishga amalda tayyorgarlik ko‘rilganligi to‘g‘risidagi dalillar 
majmuidan kelib chiqishlari kerak. Tergov organlari va sudlar 
giyohvandlik vositalari ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni 
qonunga xilof ravishda egallashdan maqsad nima ekanligini aniqlashlari 
zarur. Egallash kelgusida o‘tkazish yoki sotish uchun amalga oshirilganligi 
aniqlangan taqdirda aybdorning harakatlari qayd etilgan jinoyatlarga 
tayyorgarlik ko‘rish deb ham kvalifikatsiya qilinishi kerak
1
. Aks holda, 
o‘tkazish, sotish maqsadi aniqlanmagan bo‘lsa, aybdor shaxsning 
harakatlari JK 276-moddasi tegishli qismiga binoan kvalifikatsiya qilinishi 
shart (Giyohvandlik vositalari ularning analoglari yoki psixotrop 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1995 йил 27 октябрдаги «Гиёҳвандлик 
воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишга оид жиноят ишлари 
бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 21-сонли қарори, 4-банд, 2-хатбоши.// Тўплам, 1-жилд. – 35-б.
270 


moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda 
tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar). 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish faqat tayyorgarlik harakatlari shaxsga 
bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra to‘xtatilgan holdagina mavjud bo‘ladi. 
Qonun chiqaruvchi maxsus ravishda belgilaydiki, ijtimoiy xavfli qilmish 
obyektiv sabablarga ko‘ra uzilib qolgan bo‘lib, yakuniy natijasiz, tamom 
bo‘lmagan jinoyatdir. Jinoyatni sodir etishning aybdorga bog‘liq 
bo‘lmagan holda tugatilganligi dastlabki tergovda va sudda isbot qilinishi 
zarur. 
Jinoyat tarkibining obyektiv tomoni amalda bajarilishidan oldin jinoiy 
faoliyatning to‘xtatilgani jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishni uni sodir etish 
bosqichi deb ta’riflash imkonini beradi. 
Shunday qilib, yuqoridagilarni umumlashtirgan holda, biz jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rishning, tamom bo‘lmagan jinoyatning bir turi sifatida 
quyidagi ta’rifini keltirishimiz mumkin: 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin