samarali bajarish uslublarining tanlanishi faqat
shaxsning niyati va
fikrlarini tavsiflab, ular hattoki jinoiy bo‘lgan taqdirda ham, javobgarlik
kelib chiqmaydi.
Qasd shakllanishi jazoga loyiq emasligi, xalqaro va konstitutsiyaviy
fikr va tafakkur erkinligi tamoyiliga asoslanadi. Xalqaro jinoyat
huquqining umumbashariy tamoyili quyidagicha yangraydi: «Cogitations
poenam nemo patitur» («Fikr jazoga sazovor emas»).
Ayni vaqtda, o‘z-o‘zidan ijtimoiy xavfli bo‘lgan
hamda
jabrlanuvchining huquq va manfaatlariga real tarzda xavf tug‘dirayotgan
qasdning ayon bo‘lishi, qonun chiqaruvchi tomonidan alohida jinoyat deb
topilishi mumkin. Masalan, qasdning ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish
bilan qo‘rqitish (hatto so‘z orqali ham) kabi ko‘rinishi: o‘ldirish yoki
zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish (JK 112-moddasi) yoxud
tovlamachilikdagi qo‘rqitish (JK 165-moddasi) va
hokazolar jinoyat
qonunida tamom bo‘lgan mustaqil jinoyat hisoblanadi. Qoida tariqasida,
bu tahdidning maqsadi – jabrlanuvchiga ruhiy zo‘ravonlik qilib, o‘z
manfaatlari yo‘lida tegishli xatti-harakatlarni amalga oshirishga zo‘rlash
bo‘lib, aynan shunda uning ijtimoiy xavfi namoyon bo‘ladi.
Xuddi shunday qasdning shakllanishini jinoyatni sodir etishda
dalolatchilik qilish, shuningdek, tuhmat (JK 139-moddasi), haqorat (JK
140-moddasi), targ‘ib qilish (JK 150-moddasi), da’vat qilish (JK 159-
moddasi 1-qismi) va boshqa shu ko‘rinishdagi «og‘zaki» deb
nomlanadigan jinoyatlardan farqlash lozim, zero, ularning har biri o‘z
obyektiga
–
shaxsning sha’ni, qadr-qimmatining daxlsizligini,
insoniyatning tinchligi va xavfsizligini, O‘zbekiston Respublikasi
konstitutsiyaviy tuzumi xavfsizligini va
normal faoliyatini muhofaza
qiluvchi ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tajovuz qiladi.
Tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd kabi jinoiy xulq-atvor bosqichlari
tamom bo‘lmagan jinoyatlar turkumiga kiradi, biroq jinoyatlarning barcha
tarkiblarida ham bo‘lavermaydi.
264