Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Tamom bo‘lmagan jinoyat (tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd) konkret 
jinoyat tarkibi belgilarida nazarda tutilgan xatti-harakatlarni to‘liq 
bajarmaslik yoki jinoiy oqibatlarni keltirib chiqarmaslik bilan tavsiflanadi. 
Tamom bo‘lgan jinoyat sodir etilgan qilmishda konkret jinoyat 
tarkibining qonunda nazarda tutilgan barcha belgilari mavjudligi bilan 
tavsiflanadi. 
Jumladan, jinoyat ehtiyotsizlik orqasida sodir etilganida, jinoyatga 
tayyorgarlik va suiqasd bosqichlari mavjud bo‘lmaydi, chunki shaxsning 
irodasi jinoiy oqibatni keltirib chiqarishga yo‘naltirilmagan. Ijtimoiy xavfli 
qilmish harakatsizlik bilan sodir etilganda jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish 
umuman mumkin emas. 
Tamom bo‘lmagan jinoyatlarning suiqasd qilish bosqichi kesik 
tarkibli jinoyat tarkiblarida mavjud bo‘lishi mumkin emas, zero, ularning 
o‘ta yuqori ijtimoiy xavfini inobatga olgan holda, qonun chiqaruvchi 
qilmishning yuridik tamomlanish vaqtini bir oz oldinga (oldingi 
bosqichga) suradi. Masalan, bosqinchilik jinoyatida suiqasd qilish imkoni 
yo‘q, boisi hujum qilishning o‘zi tamom bo‘lgan jinoyat tarkibini ifoda 
etadi (JK 164-moddasi). 
Ta’kidlab o‘tish kerakki, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd 
qilish uchun javobgarlikka tortishga jinoiy qasdning turi bevosita ta’sir 
qiladi. Egri qasd jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish uchun 
javobgarlikni inkor etadi, chunki jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd 
qilishda shaxsning jinoyat sodir etish istagi natijaga erishishga qaratilgan 
ongli va maqsadli harakatlaridan iborat. Shuning uchun, jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish faqatgina to‘g‘ri qasddan sodir 
etilgan jinoyatlardagina bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudi Plenumi odam o‘ldirishga suiqasd qilish faqat to‘g‘ri qasd bilan sodir 
etiladi, qachonki, shaxs o‘lim yuz berishini anglagan va istagan bo‘ladi
1
deb tushuntirish bergan. 
1
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 24 сентября 2004 г. № 13 «О 
судебной практике по делам об умышленном убийстве» // Сборник, Т.2. – С. 459. 
265 


Nihoyat, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish ham, jinoyat sodir etishga 
suiqasd qilish ham jinoyatchi erishishni ko‘zlagan jinoiy natijaning mavjud 
emasligini nazarda tutadi. Subyektga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, 
jinoiy natijaning mavjud emasligi tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan 
jinoyat o‘rtasidagi chegara hisoblanadi. Biroq, agar jinoiy natijaning 
mavjud emasligi subyektning harakati oqibati bo‘lsa (jinoiy niyatni 
bajarishdan ixtiyoriy qaytish), u holda shaxsni jinoiy javobgarlikka 
tortishga ham asos bo‘lmaydi. 
Xullas, faqat qasddan sodir etiladigan jinoyat bosqichlari jinoyat-
huquqiy ahamiyat kasb etadi. Ehtiyotsizlikdan sodir etilgan jinoyatlar 
bosqichlari jinoiy deb tan olinmaydi, zero, ehtiyotsiz jinoyatlar ijtimoiy 
xavfli oqibat kelib chiqmasdan oldin jinoyat-huquqiy jihatdan neytraldir.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish uchun ham, jinoyat sodir etishga 
suiqasd qilish uchun ham jinoiy qilmishni sodir etishga qasdning va 
qilmishning mavjudligi hamda jinoiy natijaning mavjud emasligi bir xilda 
zarur. 
Jinoyat bosqichlari qasddan sodir etilgan jinoyatni kvalifikatsiya 
qilishda, chunonchi jinoyat tamom bo‘lganmi yoki yo‘qmi, tamom 
bo‘lmagan bo‘lsa, qaysi bosqichda to‘xtatib qo‘yilgan – tayyorgarlik 
ko‘rish bosqichida (tayyorgarlik ko‘rish bosqichi) yoxud jinoyat 
tarkibining obyektiv tomonini bajarish bosqichida to‘xtatilganligi 
(jinoyatga suiqasd qilish) nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi. Bunda 
tamom bo‘lmagan jinoyatni kvalifikatsiya qilishda shunga e’tibor berish 
lozimki, jinoyatni sodir etishning har keyingi bosqichi oldingi bosqichini 
o‘z ichiga qamrab oladi. Masalan, o‘g‘rilik jinoyatini sodir etish niyatidagi 
shaxs, avval ba’zi tayyorgarlik harakatlarini sodir etib (qurol topadi, turli 
moslamalar tayyorlaydi va h.k.), keyin o‘zganing mulkiga tajovuz qilish 
davomida, harakatlari unga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra to‘xtatilsa, 
shaxs o‘g‘rilik jinoyatini sodir etishga suiqasd qilganligi uchun 
javobgarlikka tortiladi. Shu bilan birga, shaxs o‘zganing mol-mulkini 
yashirin ravishda talon-toroj qilsa hamda ushbu mulkdan o‘z manfaatlariga 
ko‘ra foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lsa, uning harakatlari tamom 
bo‘lgan o‘g‘rilik deb kvalifikatsiya qilinadi. 
266 



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin