Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olishidir



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olishidir. 
Mazkur shart jinoiy oqibatlarning kelib chiqishi jinoyat-huquqiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy tarkibli jinoyatlarda bo‘lishi mumkin. Bu 
yerda tafakkurlik belgisi – shaxs ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi 
mumkinligini anglashi ham mavjud. 
Mazkur shart faqat jinoyat sodir etishga suiqasd qilish bosqichida, 
shaxs jinoyatni boshlab, uni oxiriga yetkazishdan qaytishga qaror qilgan 
holda bo‘lishi mumkin. Ayni holda aybdor jinoyat sodir etishdan 
qaytibgina qolmasdan, uning jinoiy oqibatining oldini olishga faol 
imkoniyat yaratishi ham kerak. 
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish faqat ijtimoiy xavfli oqibat 
kelib chiqishi mumkinligini anglash va uning kelib chiqishi oldini faol 
olish bilan jamuljam holda uning ixtiyoriy va uzil-kesil bo‘lganidan dalolat 
berishi mumkin. 
NOTA BENE ! 
Shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki bevosita jinoyat 
sodir etishga qaratilgan harakatlarini (harakatsizligini) boshlangan jinoiy 
faoliyatini davom ettirish va oxiriga yetkazish obyektiv imkoniyati 
mavjudligini anglagan holda ixtiyoriy ravishda va uzil-kesil to‘xtatsa, 
jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb baholanadi. 
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish jinoyatning yuridik 
tugallanishiga qadar ham aktiv, ham passiv ko‘rinishda ifodalanishi 
mumkin. Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida ixtiyoriy 
qaytish, odatda, passiv harakat orqali amalga oshiriladi, zotan shaxsning 
keyingi jinoiy faoliyatdan o‘zini tiyishi uning qonuniy harakatlariga ishora 
qilishi mumkin, biroq ixtiyoriy qaytish aktiv harakat bilan ham amalga 
oshirilishi mumkin (masalan, jinoyat qurolini yo‘qotish, huquqni 
muhofaza qilish organlariga tayyorlanayotgan jinoyat haqida o‘z vaqtida 
xabar berish va h.k.). 
281 


Shuni aytish joizki, jinoyatga suiqasd qilishda jinoyatdan ixtiyoriy 
qaytishga har doim ham imkoniyat bo‘lavermaydi. Jinoyat sodir etishga 
suiqasd qilishda jinoyat subyekti tomonidan jinoyatning obyektiv tomoni 
amalda bajarilishi hisobga olinsa, ushbu bosqichda ma’lum jinoiy oqibatlar 
kelib chiqishi mumkinligi masalasi yuzaga keladi. Ayni holda nafaqat 
jinoiy harakatlarni to‘xtatish (chunki bunday harakatlar qisman amalga 
oshirilgan bo‘lishi ham mumkin), balki jinoiy oqibatlar kelib chiqishining 
oldini faol olish ham jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishdan dalolat 
beradi. Bunda jinoyat sodir etishga suiqasd qilish turlari muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning passiv shakli ko‘pincha, 
subyekt jinoiy qilmishni oxiriga yetkazmagan va ijtimoiy xavfli oqibat 
kelib chiqishi uchun barcha zarur harakatlar (harakatsizlik) amalga 
oshirilmagan tarzda, ya’ni tamom bo‘lmagan jinoyatlarda bo‘lishi 
mumkin. Bunda qilmishning tugallanmaganligi, tugallanmagan suiqasdni 
tavsiflovchi tashqi holat bilan emas, balki ichki motivlar bilan belgilanishi 
kerak. Misol uchun, subyekt avval jabrlanuvchini o‘ldirish niyatida uning 
oyoq-qo‘lini bog‘laydi, kaltaklaydi, lekin keyin o‘ldirish niyatidan qaytadi. 
Bunday hollarda shaxs bevosita odam o‘ldirishga qaratilgan harakatlarni 
to‘xtatadi, ya’ni ularni sodir etishdan qaytadi (harakatsizlik). Bu holda 
shaxs muayyan jinoyat tarkibi bilan qamrab olinadigan, uning obyektiv 
tomonini tashkil etadigan yoki zararli oqibatlar kelib chiqishini 
ta’minlaydigan harakatlarni sodir etishdan qaytishi kifoya. Masalan, shaxs 
jabrlanuvchiga o‘q uzish uchun uni o‘qotar quroldan nishonga oladi, lekin 
o‘q uzmaydi. 
Tamom bo‘lgan suiqasdda ixtiyoriy qaytish bo‘lishi mumkin emas, 
chunki subyekt jinoiy harakatlarni to‘xtatish yo‘li bilan jinoyat sodir 
etilishini to‘xtata olmaydi (u jabrlanuvchiga o‘q uzgan, uni o‘ldirish 
maqsadida pichoq urgan bo‘ladi va h.k.). Shu sababli, jinoyatdan 
ko‘zlangan maqsadga erishish imkonini beradigan keyingi harakatlardan 
qaytishga bunday hollarda jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb 
emas, balki jinoyat sodir etishga qayta urinishdan qaytish deb qaralishi 
kerak. 
282 


Tamom bo‘lgan jinoyat sodir etishga suiqasd qilishda jinoyat sodir 
etishdan ixtiyoriy qaytish imkoniyati faqat sodir etilgan harakatlar bilan 
jinoiy oqibatning kelib chiqishi o‘rtasidagi vaqtda uzilish mavjud bo‘lgan 
va mazkur shaxs o‘zining faol harakatlari bilan zarar yetkazilishining 
oldini olishi mumkin bo‘lgan kamdan-kam hollarda saqlanadi. Boshqacha 
qilib aytganda, shaxs mazkur vaqt davomida o‘z harakatlarini nazorat 
qilishi va o‘zining harakatlari bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan jinoiy 
oqibatlar orasidagi bog‘liqlik rivojini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Masalan, mulkni nobud qilish maqsadida unga o‘t qo‘ygan shaxsda olovni 
darhol o‘chirish imkoniyati bor, soat mexanizmi mavjud bo‘lgan 
portlovchi qurilmani o‘rnatib qo‘ygan shaxs, uni o‘chirib, terrorizm 
aktining oldini olishga ulguradi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin