bo‘lgan ruhiy faoliyatning vaqtincha buzilishi sodir bo‘ladi. O‘z-o‘zidan
fiziologik mastlikda organizmda bo‘ladigan tormozlanish jarayonlarining
funksiyasi susaysa va shaxs harakatlarini boshqarish yo‘qolsa ham, biroq
uning harakatlari va qilmishlari normal inson harakatlari kabi
motivlashgan xususiyatga ega bo‘ladi.
Shu bilan birga, jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi masalani hal qilishda
intellektual irodaviy faoliyatga ta’sir qiluvchi alkogolli mastlik,
shuningdek, narkotik moddalar, psixotrop va boshqa moddalarning ta’siri
shaxs irodasiga qarshi zo‘rlik, ya’ni jismoniy majburlash natijasida bo‘lsa,
unda ba’zi hollarda o‘sha shaxs harakatida ayb bo‘lmasa, jinoiy
javobgarlikdan ozod qilinadi.
Dostları ilə paylaş: