Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


-§. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

5-§. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida
zarar yetkazish 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash odil sudlov 
manfaatlarini ta’minlashning eng muhim elementlaridan biridir, chunki u 
keyingi jinoiy faoliyatga chek qo‘yish, qochish yoxud dalil-isbotlarni 
yashirish yoki yo‘q qilishning oldini olishga qaratiladi (JPK 220-
moddasining 1-qismi). Bundan tashqari, shaxsni ushlash JK vazifalarini, 
uning tamoyillarini amalga oshirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Aynan shuning uchun jinoiy qonunchilik va sud-tergov amaliyoti bu 
institutni hatto uni amalga oshirish natijasida ijtimoiy xavfli qilmishni 
sodir etgan shaxsning huquqlari va manfaatlariga ma’lum zarar 
yetkazilgan holda ham ijtimoiy foydali deb qaraydi. Bu hollarda ushlash 
tashqi jihatdan jinoyatdan farq qilmasligi mumkin, lekin aslida u bunday 
emas. Shu munosabatda ushlovchi shaxsning harakatlarini to‘g‘ri 
malakalash uchun uning harakatlari JK 39-moddasida mustahkamlangan 
ushlashda zarar yetkazish qonuniyligi shartlariga muvofiq kelishi talab 
etiladi. 
NOTA BENE ! 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat idoralariga 
topshirish maqsadida ushlash paytida zarar yetkazish, bunda ushlash 
vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir etgan shaxsning 
xavflilik darajasiga, shuningdek, ushlash sharoitiga mos kelishiga amal 
qilingan bo‘lsa, jinoyat bo‘lmaydi. 
 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash paytida zarar 
yetkazish qonuniyligi shartlari, bir tomondan, ushlash huquqini amalga 
oshirish, ikkinchi tomondan, noqonuniy harakatlar va sudsiz jazolash 
imkonini istisno qilishga imkon beradi. Ushbu shartlar sharhlanayotgan 
institut ikkita elementiga: ushlashga va ushlashda yetkaziladigan zararga 
taalluqli bo‘ladi, ularning har birining alohida va birgalikda qonuniyligini 
aniqlaydi va ushlash jarayonida zarar yetkazish qonuniyligini ko‘rsatadi. 
414 



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin