manfaatlariga zarar yetkazishi lozim. Uchinchi shaxslar deb, oxirgi zaruratda bartaraf etiladigan xavfni
yuzaga keltirish bilan bog‘liq bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslar,
umuman davlat va jamiyat tushuniladi.
U yoki bu shaxsni, jamiyat yoki davlatni JK 38-moddasi ma’nosida
uchinchi shaxs deb tan olish uchun yuzaga kelgan xavfga daxlsizligini ham
subyekt, ham obyektiv alomati sifatida aniqlash lozim bo‘ladi. Jumladan,
obyektiv elementi tegishli shaxs, jamiyat yoki davlat faoliyati amalda
oxirgi zaruratda bartaraf etiladigan xavfga olib kelmaganligini ko‘zda
tutadi. Subyekt tomonidan esa, uchinchi shaxslarning huquqlari va
manfaatlariga yetkazilgan zarar deb tan olish uchun oxirgi zarurat holatida
harakat qilgan shaxs ushbu shaxslarning bartaraf etilayotgan xavfga daxli
yo‘qligini anglab yetishi va ularga zarar yetkazishni istaganligi holatini
aniqlash kerak bo‘ladi.
Oxirgi zarurat holati qonuniyligining majburiy sharti yetkazilgan zarar oldi olingan zarardan kamroq bo‘lishi talabidir. Yetkaziladigan
zarar va bartaraf etilgan xavf muvofiqligining ushbu talabi oxirgi zaruratda
zarar tajovuzchining o‘ziga emas, uchinchi shaxslarning qonun bilan
qo‘riqlanadigan huquqlari va manfaatlariga yetkazilishi tufayli kelib
chiqadi.
408
Teng zarar, shuningdek, kattaroq zarar yetkazilishi muvofiqlik
shartining buzilishi bo‘ladi. Ayni paytda ushbu shart subyektning mumkin
bo‘lganlaridan eng kam zarar yetkazish majburiyatini bildirmaydi.
Shuning uchun, agar xavfni bartaraf etish uchun shaxsning bartaraf
etiladigan xavfga qaraganda kamroq zarar yetkazadigan bir necha usullari
mavjud bo‘lsa, u holda shaxs ulardan istalgan usulni qo‘llashga haqli
bo‘ladi va uning harakatlari oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb
qaralishi lozim. Bunda sodir etilgan qilmishni malakalashga ushbu
usullardan birortasi boshqalariga qaraganda kamroq zararga olib kelishi
ta’sir etmaydi. Bu holda faqat yetkazilgan zarar oldi olingan zarardan
kamroqligi ahamiyatli bo‘ladi.
Yetkazilgan va oldi olingan zararning muvofiqligi zarar yetkazilgan
va yetkazilmagan ne’matlar va manfaatlarning muvofiqligini bildiradi.
Ushbu zarar turlarining sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini qiyoslashda asos
qilib olish mumkin bo‘lgan usul mavjud emas. Qaysi ne’mat qimmatli
ekanligi, qaysi zarar kamroq bo‘lishi masalasi har bir muayyan holda
ishning aniq holatlariga bog‘liq holda hal etiladi. Bunda zarar yetkazilishi
oldi olingan buzilgan ne’matning muhimligi, tahdid solgan xavf turi, xavf
bartaraf etilmagan holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar va
hokazolar hisobga olinadi.
Tergov va sud organlari yetkazilgan va bartaraf etilgan zararning sifat-
miqdor muvofiqligi tamoyiliga tayanishi kerak, jumladan:
– yetkazilgan zarar bartaraf etilgan xavfdan boshqacha bo‘lgan holda. Bu vaziyatda tergov va sud organlari yetkazilgan zarar xususiyatiga
ko‘ra bartaraf etiladigan xavfga qaraganda kamroq bo‘lishiga e’tibor
berishi kerak (masalan, hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida
mulkiy zarar yetkazilishi, insoniyatga qarshi jinoyatning oldini olish
maqsadida hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish va hokazo);
– sifat jihatidan bir xil, ya’ni ayni bir xil ijtimoiy munosabatlarga
qarshi yo‘nalgan zarar yetkazilgan holda. Bunday holat yuz berganda
oldi olingan zarar faqat miqdor jihatidan u oldi olingan zararga qaraganda
kamroq bo‘lishi sharti bilan kamroq deb tan olinishi lozim (masalan, ikki
409
va undan ortiq shaxslarga og‘irligi shu kabi tan jarohati yetkazilishining
oldini olish maqsadida og‘ir tan jarohatini yetkazish va hokazo);
– bartaraf etilgan xavfdan sifati va darajasi farqlanadigan zarar