Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə272/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

4-§. Oxirgi zarurat
Oxirgi zarurat zaruriy mudofaa bilan bir qatorda qilmishning 
jinoiyligini istisno qiladigan eng ko‘p tarqalgan holatlarga kiradi. Lekin 
zaruriy mudofaadan farqli ravishda oxirgi zarurat huquqqa qarshi 
tajovuzning oldini olish bo‘lmaydi, balki huquq bilan muhofaza 
qilinadigan manfaatlar to‘qnashuvida ziddiyatlarni hal etishning huquqiy 
mexanizmi bo‘ladi. Oxirgi zarurat holatida bo‘lgan shaxs tanlashi lozim: 
yoki tahdid solayotgan xavfga yo‘l qo‘yish yoki boshqa qonuniy 
manfaatlarga zarar yetkazish bilan ularni buzish orqali bu xavfni bartaraf 
etish. Oxirgi holda shaxsning qilmishi rasman jinoyatdan farq qilmasligi 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 20 декабрдаги «Ижтимоий хавфли 
тажовузлардан зарурий мудофаа ҳуқуқини таъминловчи қонунларнинг судлар томонидан қўлланилиши 
ҳақида»ги 39-сонли қарори, муқаддима, 3-хатбоши // Тўплам, 1-жилд. – 76-б.
402 


mumkin, lekin uning ma’lum shartlarga muvofiq bo‘lgan holatida u 
ijtimoiy foydali va qonuniy deb tan olinadi. 
NOTA BENE !
Oxirgi zarurat – bu qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holat 
bo‘lib, unda ushbu shaxsning yoki boshqa fuqarolarning hayoti yoki 
huquqlariga, jamiyat va davlatning qonuni bilan himoyalanadigan 
manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni bartaraf etish uchun boshqa 
huquqlarga va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkaziladi, 
tahdid solayotgan xavf boshqa vositalar bilan bartaraf etilmaydigan 
bo‘lganligi va yetkazilgan zarar oldi olingan zarardan kamroq bo‘lishi 
sharti bilan. 
Oxirgi zarurat qonuniy bo‘lishining JK 38-moddasi 1-qismida 
ko‘rsatilgan shartlari ikkita guruhga bo‘linadi, ulardan biri tahdid soluvchi 
xavfga oid talablarni belgilaydi, ikkinchisi esa xavfni bartaraf etish 
qilmishining qonuniyligiga oid talablarni belgilaydi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin