Oxirgi zaruratdagi xavf mos keladigan zaruriy sharti uning
haqiqiyligi
bo‘lishi lozim, ya’ni u obyektiv ravishda, amalda mavjud bo‘lishi kerak.
Xavf haqiqiy bo‘lmagan, lekin faqat subyektning uning mavjudligi
haqidagi xato tasavvuridan iborat bo‘lgan holda esa uni bartaraf etishga
qaratilgan shaxsning qilmishi xayoliy oxirgi zarurat holatida sodir etilgan
deb qaralishi lozim, bunday holatlarda javobgarlik masalasi
amaldagi xato
to‘g‘risidagi qoidalarga ko‘ra hal etiladi.
Jumladan, shaxsning harakati shaxs o‘z taxminining xatoligini anglab
yetmagan va sodir bo‘lgan voqeaning butun vaziyatidan kelib chiqib,
anglab yetishi kerak bo‘lmasligi sharti bilan
oxirgi zarurat holatida sodir
etilgan deb qaralishi lozim. Va agar shaxs o‘z taxmini xato ekanligini ish
holatlariga ko‘ra anglab yetishi lozim va mumkin bo‘lsa-da, anglab
yetmagan bo‘lsa,
ehtiyotsizlik orqasidan jinoyat sifatida malakalanadi.
Umuman olganda, oxirgi zaruratda xavfning xayoliy bo‘lishining
sodir
etilgan qilmish malakalanishiga ta’sir etishi zaruriy mudofaadagi kabi
ta’siriga o‘xshash bo‘ladi.
(«Xayoliy mudofaa» tushunchasi haqida mazkur bobning «Zaruriy
mudofaa» deb nomlanuvchi 3-§ da batafsil tushuntirilgan.)
Dostları ilə paylaş: