Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish bo‘lmasligi 
to‘g‘risidagi qonun talabi zaruriy mudofaada himoyalanish 
qonuniyligining mustaqil sharti bo‘ladi, «tajovuzning xususiyati va 
xavfliligi darajasiga butunlay muvofiq kelmaydigan mudofaa» shunday 
deb tan olinadi (JK 37-moddasi 2-qismi). Lekin avval qarab chiqilgan 
mudofaa qonuniyligi shartlaridan farqli ravishda shaxs harakatlarining 
mazkur belgisiga muvofiq emasligi (ya’ni, mudofaa chegarasidan chetga 
chiqish) bunday mudofaa holatining yo‘qligi va sodir etilgan qilmishlarni 
umumiy asoslarda malakalash talabini keltirib chiqarmaydi, balki 
qilmishni zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib sodir etilgan 
qilmish sifatida maxsus malakalashga olib keladi, bu esa qonun tomonidan 
javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb qaraladi (JK 55-moddasi 1-
qismi «e» bandi). Bunda shuni qayd etish lozimki, zaruriy mudofaa 
chegarasidan chetga chiqish faqat u tajovuzchining qonun bilan 
himoyalanadigan huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga zarar yetkazish 
bilan amalga oshirilgan holda jinoiy-huquqiy ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Jinoiy qonunchilik bilan himoyalanmaydigan obyektlarga zarar yetkazish 
esa zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish sifatida qaralishi mumkin 
emas va JK bo‘yicha javobgarlikka tortilishi mumkin emas, lekin tegishli 
sharoitlar bo‘lganda ma’muriy yoki intizomiy aybli qilmish yoki fuqarolik 
delikti deb malakalanishi mumkin.
Obyektiv jihatidan 
mudofaa chegarasidan chetga chiqish 
himoyalanishning tajovuz xarakteriga va xavfiga ochiq-oydin butunlay 
muvofiq kelmasligidan iborat. Bunda tajovuzchiga juda katta zarar, jinoiy 
398 


harakatni amalga oshirishdan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararga 
nisbatan ancha og‘irroq zarar yetkaziladi. Bunday hollarda, himoya qilish 
zaruriy bo‘lmaydi va muvofiq bo‘lmaydi. Bunday himoya qilish so‘zsiz 
holda tajovuzning xarakteri bilan ham, xavfi bilan ham, u sodir bo‘lgan 
haqiqiy vaziyat bilan ham keltirib chiqarilmagan mudofaa vositalari va 
usullarini qo‘llash oqibati bo‘lishi mumkin.
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish faqat qat’iy belgilangan 
holatda – zaruriy mudofaa holatida bo‘lishi mumkin, bu esa muayyan 
qilmishda zaruriy mudofaa qonuniyligining barcha shartlari mavjud 
bo‘lishini talab etadi. Ayni paytda, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga 
chiqish shaxs xayoliy tajovuzdan himoya qilishni amalga oshirgan hollarda 
– xayoliy mudofaa holatlarida ham yuzaga kelishi mumkin. Jumladan, 
xayoliy mudofaada shaxsning harakatlari bilan tegishli haqiqiy tajovuz 
sharoitida yo‘l qo‘yiladigan zararning chegarasidan ochiq-oydin chetga 
chiqadigan zarar yetkazilgan bo‘lsa, ular zaruriy mudofaa chegarasidan 
chetga chiqish deb malakalanishi lozim.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin