Qonunning ushbu talabi zaruriy mudofaa huquqi tajovuzchining
huquqqa qarshi harakatlari natijasida paydo bo‘lishi bilan belgilab beriladi,
ularga chek qo‘yish maqsadida unga zarar yetkazish zarurati tug‘iladi.
Shuni hisobga olish lozimki, tajovuzchiga zaruriy mudofaa paytida
zarar yetkazish huquqqa qarshi harakatni kim sodir etishi, himoya qilish
kimga qarshi qaratilganligi, shuningdek, tajovuzchi mudofaalanuvchi bilan
qanday munosabatlarda bo‘lishiga bog‘liq bo‘lmaydi. Shu sababli mudofaa
ham mudofaalanuvchiga yaqin shaxslarga qarshi (turmush o‘rtog‘i,
qarindoshi, do‘sti va boshqalar), ham mutlaqo notanish shaxslarga qarshi,
oddiy fuqaroga yoki hokimiyat vakiliga qarshi qaratilgan bo‘lishi mumkin
va hokazo.
Mudofaalanuvchi tomonidan tajovuzga javob berish oqibatida begona
shaxslarga, ya’ni uchinchi shaxslarga zarar yetkazilgan bo‘lsa, uning
harakatlari muayyan holatlariga qarab quyidagicha kvalifikatsiyalanishi
lozim:
– ushbu jinoiy-huquqiy institutning qonun talab etgan barcha belgilari
mavjud bo‘lgan holda, oxirgi zarurat sifatida;
– xayoliy mudofaa to‘g‘risidagi qoidalarga muvofiq, sodir etilgan
qilmishda barcha zaruriy shartlar mavjud bo‘lgan holda zaruriy mudofaa
yoki ehtiyotsizlik orqasidan jinoyat sifatida;
– umumiy asoslarda odatdagi qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan
sodir etilgan jinoyat sifatida. Ehtiyotsizlik orqasidan jinoyatdan farqli
ravishda, xayoliy mudofaada aybdor shaxs ehtiyotsizlik orqasidan zarar
yetkazgan uchinchi shaxslarning harakatlari uning ongida amalga
oshirilayotgan tajovuz bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, mudofaalanuvchi
qurollangan talonchilarning tajovuziga chek qo‘yish maqsadida ulardan
biriga jamoat joyida o‘t ochsa va bunda o‘tkinchi yo‘lovchilardan biriga
o‘q tegsa;
– aybsiz zarar yetkazish sifatida. Bunday holatlarda shaxsning
harakatlari JK 24-moddasiga ko‘ra jinoiy jazolanmaydigan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: