Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Jinoiy tajovuzning amalda boshlanishi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Jinoiy tajovuzning amalda boshlanishi deb, JK da javobgarlik 
ko‘zda tutilgan harakat yoki harakatsizlikning xronologik jihatdan birinchi 
elementining sodir etilishi, ya’ni jinoyat tarkibini amalga oshirish 
boshlanishi tan olinishi kerak. Bunda ushbu tarkibning tugallangan 
bo‘lishi, tajovuzchining qilmishida uning barcha alomatlari majvud 
bo‘lishi ahamiyatga ega emas. Masalan, o‘g‘rilik qilish, voqealarning 
keyingi rivojidan qat’i nazar, shaxsning o‘zga mulkni egallagan paytidan 
boshlanadi. 
Tajovuzning amalda tugallanishi esa zarar yetkazilishining xavfi 
tugagan yoki jinoiy oqibat yuzaga kelgan vaziyatni bildiradi.
Tajovuzning amalda tugallanishi quyidagi hollarda aniqlanishi lozim: 
– jinoyat tajovuzchining irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli 
(jinoyatga suiqasd) yoki uning irodasiga ko‘ra (jinoyatni sodir etishdan 
ixtiyoriy voz kechish) to‘xtatilgan bo‘lsa; 
– tajovuzchi o‘z maqsadiga yetgan bo‘lsa. 
Tajovuzning amalda tugallanishining vaqti muayyan qilmishning 
elementlari jamuljamligidan kelib chiqib aniqlanishi lozim, bunda 
tajovuzchining ijtimoiy xavfli maqsadiga obyektiv yetganligi masalasi 
ustuvor bo‘lishi kerak. Shunday qilib, tajovuzchi o‘z jinoiy maqsadiga 
yetmagan bo‘lsa va u tajovuzning muayyan vaqtida unga erishishdan voz 
kechmagan bo‘lsa, u tugallangan deb e’tirof etilishi mumkin emas. 
«Zaruriy mudofaa holati tajovuz tugagandan so‘ng ham bo‘lishi 
mumkin, agar himoyalanuvchi ish holatlariga ko‘ra tajovuz tugagan vaqtni 
aniq anglay olmagan bo‘lsa. Xujum vaqtida ishlatilgan qurol va boshqa 
389 


ashyolarning tajovuzchidan himoyalanuvchining qo‘liga o‘tib qolishining 
o‘zi tajovuz tugaganligidan dalolat bermaydi»
1

Tajovuzchiga mudofaalanuvchi tajovuz amalda tugaganidan keyin 
yetkazilgan va himoya qilish vositalarini qo‘llashning zarurati ochiqdan-
ochiq qolmagan holda yetkazilgan bo‘lsa, mudofaalanuvchi umumiy 
asoslarda jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim. Boshqacha aytganda, 
bunday vaziyatda zaruriy mudofaa mavjud bo‘lmaydi, chunki tugagan 
tajovuzga qarshi mudofaa umuman ortiqcha bo‘lib, mantiqan mumkin 
bo‘lmaydi. «Sudlanuvchining bunday harakatlariga to‘g‘ri huquqiy baho 
berish maqsadida sudlar yuz bergan voqeaning barcha holatlarini hisobga 
olib, bu harakatlar ular tomonidan ijtimoiy xavfli tajovuz sababli kuchli 
ruhiy hayajonlanish holatida sodir etilgan-etilmaganligini aniqlashlari 
zarur»
2

Tajovuzni tavsiflaydigan zaruriy mudofaaning yakuniy sharti 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin