ashyolarning tajovuzchidan himoyalanuvchining qo‘liga o‘tib qolishining
o‘zi tajovuz tugaganligidan dalolat bermaydi»
1
.
Tajovuzchiga mudofaalanuvchi tajovuz amalda tugaganidan keyin
yetkazilgan va himoya qilish vositalarini qo‘llashning zarurati ochiqdan-
ochiq qolmagan holda yetkazilgan bo‘lsa, mudofaalanuvchi umumiy
asoslarda jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim. Boshqacha aytganda,
bunday vaziyatda zaruriy mudofaa mavjud bo‘lmaydi, chunki tugagan
tajovuzga qarshi mudofaa umuman ortiqcha bo‘lib, mantiqan mumkin
bo‘lmaydi. «Sudlanuvchining bunday harakatlariga to‘g‘ri huquqiy baho
berish maqsadida sudlar yuz bergan voqeaning barcha holatlarini hisobga
olib, bu harakatlar ular tomonidan ijtimoiy xavfli tajovuz sababli kuchli
ruhiy hayajonlanish holatida sodir etilgan-etilmaganligini aniqlashlari
zarur»
2
.
Tajovuzni tavsiflaydigan zaruriy mudofaaning yakuniy sharti
Dostları ilə paylaş: