amalda xato mavjud bo‘lgan holda harakat
qiluvchi shaxslarning
qilmishlariga qarshi amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi, ya’ni ularga xos
bo‘lgan xususiyatlari tufayli o‘zlari sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishlari
uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydigan, lekin ular sodir etgan
harakatlar huquqqa qarshi xususiyatlarga ega bo‘lgan holda mumkin
bo‘ladi.
Aslida har qanday ijtimoiy xavfli tajovuzdan – jinoyatdan zaruriy
mudofaa mumkin bo‘ladi. Lekin, shunga qaramay, har qanday jinoyat ham
zaruriy mudofaa harakati uchun qonuniy shart bo‘lavermaydi.
Tergov va sud organlari har bir muayyan holatda sodir etilgan qilmish
zaruriy mudofaa holatini belgilab berish-bermasligi masalasini
hal etishga
individual yondashishi kerak.
Eng avvalo, tajovuzchiga zarar yetkazish orqali himoya qilinadigan
qilmish himoya qilinadigan munosabatlarga shu ondagi va boshqacha
oldini olib bo‘lmaydigan zarar yetkazilishi bilan tajovuz qilishi lozim va
faqat tajovuzchiga jismoniy ta’sir etish bilangina uning oldini olish
mumkin bo‘lishi lozim. Sud amaliyoti ko‘rsatishicha, bunday harakatlarga,
asosan, shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlar,
bezorilik, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va
boshqa jinoyatlar,
ya’ni zo‘rlik ishlatish bilan kechadigan, agressiv va buzg‘unchilik
xarakteriga ega bo‘lgan jinoyatlar kiradi.
Ayni paytda, bir qator huquqqa qarshi tajovuzlar mavjudki, ular shu
ondagi va boshqacha oldini olib bo‘lmaydigan zarar yetkazilishi bilan
tajovuz qilmaydi yoki ularning sodir etilishidan zarar zo‘rlik harakatlari
bilan oldi olinishi lozim bo‘lmaydi. Bunday jinoyatlar sifatida, masalan,
mehnat huquqini buzish, tuhmat, pora berish va boshqalar tan olinadi. Shu
sababli bunday qilmish sodir etilishiga chek qo‘yish maqsadida
tajovuzchiga zarar yetkazish zaruriy mudofaa deb qaralishi mumkin emas,
zarar yetkazgan shaxs esa umumiy asoslarda javobgarlikka tortilishi lozim
bo‘ladi.
Bundan tashqari, zaruriy mudofaa doirasida unga javoban zarar
yetkazishga huquq beradigan ijtimoiy xavfli
tajovuz faqat hujum
qiluvchining qasddan faol xulqida (harakatida) ifodalanishi mumkin.
386
Ya’ni, ehtiyotsizlik orqali jinoyat sodir etilishida, shuningdek,
harakatsizlik (biror-bir vazifani bajarmaslik) yo‘li bilan jinoyat sodir
etilishida zaruriy mudofaa huquqi mavjud emas.
Shuni ta’kidlash lozimki, qonun faqat JK bilan taqiqlangan
tajovuzlardan zaruriy mudofaa qilish huquqini tan oladi. Shu sababli, hatto
ijtimoiy xavfli bo‘lganda ham shaxs qonun bilan taqiqlanmagan noqonuniy
harakatlar sodir etgan holda unga zarar yetkazish mumkin emas. Bu
mazkur institutning qo‘llanishida yaxlitlikka yordam beradi, shuningdek,
jinoiy qonunchilikning adolat va insonparvarlik tamoyillarining amalga
oshirilgani bo‘ladi. Ushbu masalani boshqacha hal
etish zaruriy mudofaa
holatlarining asossiz kengaytirilishiga olib kelgan bo‘lar edi.
Xuddi shuningdek, rasman tarkibida sodir etilishi uchun JK da
javobgarlik ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibining alomatlari bo‘lgan, lekin
aslida jinoiy bo‘lmagan qilmishlar huquqqa qarshi qilmish sifatida
qaralishi mumkin emas. Xususan, kam ahamiyatli ekanligi, oxirgi zarurat
va hokazolar tufayli qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar
bo‘lganda bu qilmishlar jinoiy bo‘lmaydi. Bunday qilmishlarga qarshi
mudofaa qilgan shaxslarning harakatlari umumiy asoslarda
ularga ushbu
harakatlarning xarakteri avvaldan ma’lum bo‘lishi sharti bilan ijtimoiy
xavfli bo‘lgan jinoiy harakatlar, ya’ni jinoiy javobgarlikka tortiladigan
harakatlar deb qaralishi lozim.
Zaruriy mudofaa yuzasidan ishlarni tergov qilishda va hal etishda,
shuningdek, ba’zi holatlarda mansabdor shaxslar tashqi jihatdan huquqqa
qarshi holatlarga o‘xshash bo‘lgan, lekin aslida shunday bo‘lmagan
harakatlarni amalga oshirishga vakolatli bo‘ladi. Bunday harakatlar,
masalan, maxsus vositani qo‘llash, qurolni ishlatish holatlari va hokazolar
bo‘ladi. Bunday holatlarda mansabdor shaxsning harakatlari qonunchilik
talablariga mosligi yoki, aksincha, huquqqa
qarshi ekanligidan rasmiy
mezon deyiladigan mezon dalolat beradi. Ushbu mezon shundan iboratki,
barcha mansabdor shaxslarning harakatlari nafaqat mohiyati yuzasidan,
balki rasmiy jihatidan ham qonuniy bo‘lishi lozim, ya’ni faqat qonun bilan
belgilangan shakliga amal qilingan holdagina amalga oshirilishi mumkin.
Shu munosabatda mansabdor shaxslarning rasmiy ravishda noqonuniy
387
bo‘lgan va aslida huquqqa qarshi bo‘lgan harakatlariga qarshigina zaruriy
mudofaaga yo‘l qo‘yilishi mumkin .
Zaruriy mudofaa qonuniyligining ikkinchi sharti – tajovuz mavjud
bo‘lishidir.
Dostları ilə paylaş: