mumkin emas, bu
JK 37-moddasi 4-qismida bevosita ko‘rsatilgan.
Bunday holda «mudofaalanuvchining» harakatlari qasddan qilingan
jinoyat deb malakalanishi lozim. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi Plenumining tushuntirishlariga ko‘ra, «agar shaxs ziyon yetkazish
(urishish, azob berish, o‘ch olish va boshqalar) niyatida hujumning kelib
chiqishiga sababchi bo‘lsa, bunday harakatlarni zaruriy mudofaa yo‘sinida
qilingan deb topish mumkin emas. Bu holatlarda sodir etilgan xatti-
harakatlar umumiy asoslarda tavsiflanishi lozim»
1
.
Zaruriy mudofaaning maqsadga qaratilgan bo‘lishi qonuniylikning
majburiy sharti sifatida subyekt tomonidan ham mudofaalanuvchi
shaxsning harakatlari ijtimoiy foydali manfaatga erishuviga qaratilgan
bo‘lishi lozimligini bildiradi. Xususan, mudofaalanuvchi o‘zi amalga
oshiradigan harakatlarning ijtimoiy foydali xarakterini anglab yetishi
lozim. Shu bilan huquqqa qarshi tajovuzning oldini olayotganligini bilmay
turib tajovuz qilayotgan shaxsning himoya qilinadigan huquq bilan
manfaatlarini buzgan shaxs zaruriy mudofaa holatida himoya qilishni
amalga oshirgan shaxs deb qaralishi umuman mumkin emas. Irodaviy
jihati ham bunda katta ahamiyatga ega bo‘ladi, ya’ni mudofaalanuvchi
tajovuzga chek qo‘yish orqali ijtimoiy foydali manfaatga erishishni istashi
lozim. Shunday qilib, zaruriy mudofaaning maqsadga qaratilganligi
nafaqat shaxsning himoya qilish harakatlarining ijtimoiy foydali bo‘lishini
ko‘zda tutadi, balki ushbu shaxs shu maqsadga erishuvini anglashi va unga
intilishini talab etadi.
Zaruriy mudofaada himoya qilish qonuniyligining keyingi sharti
Dostları ilə paylaş: