Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Tahdid soluvchi xavfga oid talablar



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə273/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Tahdid soluvchi xavfga oid talablar, birinchi navbatda, boshqa 
huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar 
yetkazilishining qonuniy asosi sifatida huquq bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarga zarar yetkazilishi tahdidining yuzaga kelishini belgilab 
beruvchi holatlarga yaxlit ta’rif berishi lozim. Faqat ushbu holatlar barcha 
kerakli shartlarga javob bergan holdagina shaxs oxirgi zarurat huquqini 
amalga oshirishi mumkin, aks holda uning harakatlari umumiy asoslarda 
mustaqil jinoyat sifatida malakalanishi lozim. Ushbu shartlar aytib o‘tilgan 
holatlarni ularning ijtimoiy xavfli ekanligi, mavjudligi va haqiqiyligi 
jihatidan ta’riflaydi. 
Ijtimoiy xavflilik ularga xos bo‘lgan xususiyatlar tufayli, holatlar 
yoki xavf manbalari aynan jinoiy qonunchilik himoyasi ostida bo‘lgan, 
ijtimoiy ahamiyatli bo‘lgan obyektlarga tahdid yuzaga kelishini belgilab 
beradi. Shunday obyektlar sifatida JK oxirgi zarurat holatida qilmishni 
amalga oshirgan shaxs, boshqa shaxslarning shaxsi yoki huquqlari, jamiyat 
va davlat manfaatlarini ko‘rsatadi. Atrof muhitga, mulkka, boshqaruv 
403 


tartibiga zarar yetkazish bilan tahdid soluvchi holatlar ijtimoiy xavfli va 
oxirgi zarurat holatiga olib keladigan deb tan olinadi.
Shuni hisobga olish lozimki, oxirgi zarurat holatida tahdid soluvchi 
xavfni belgilab beruvchi holatlar faqat ijtimoiy xavfli bo‘lishi lozim, 
zaruriy mudofaadan farqli ravishda Bu yerda jinoyatning huquqqa qarshi 
bo‘lishining belgisi talab etilmaydi. Bu shart nafaqat boshqa kishilarning 
tajovuz qilishi, balki: tabiat kuchlarining ta’siri (tabiiy ofatlar, ob-havo 
sharoitlari va hokazolar), inson organizmining fiziologik va patologik 
jarayonlari (oriqlashuv, suvsizlashuv, kasallik va boshqalar); yuqori xavf 
manbalari; hayvonlarning harakati; mashinalar va mexanizmlarning 
nosozligi va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, aybsiz 
qilmishlar ham xavf manbai deb tan olinishi mumkin. 
Keyinchalik oxirgi zaruratni amalga oshiruvchi shaxsning harakatlari 
ham xavf manbai bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda tergov va sud 
organlari obyektiv ravishda ijtimoiy xavfli oqibatlarga olib kelgan 
qilmishni amalga oshirishning subyekt tomoniga e’tibor berishi lozim. 
Jumladan, ushbu qilmish shaxs tomonidan qasddan, o‘zi uchun yoki 
boshqa shaxs uchun yoki boshqa ijtimoiy manfaat uchun xavfli holatni 
yuzaga keltirib, keyin biror-bir jinoiy qilmishni sodir etgan holda oxirgi 
zaruratga havola etish maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, uning harakatlari 
umumiy asoslarda oddiy jinoyat sifatida malakalanishi lozim. Bunday 
harakatlar oxirgi zarurat provokatsiyasi deyiladi. Bunday holda jinoyat 
qasdi nafaqat birlamchi qilmishni, balki shaxs o‘zining g‘arazli maqsadida 
foydalanmoqchi bo‘lgan keyingi oxirgi zaruratni qamrab olishi lozim. Bu 
sababdan, agar shaxs avval qasddan jinoyatni sodir etsa, keyin esa jinoyat 
ijtimoiy xavfli oqibatlarining oldini olish uchun uning ongida qamrab 
olinmagan yana bir ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etsa, ikkinchi qilmishi 
oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb qaralishi lozim. Masalan, agar 
shaxs boshqa kishiga qasddan og‘ir tan jarohatini yetkazgan bo‘lsa, keyin 
esa uning hayotini saqlab qolish uchun avtomobilni olib qochib ketsa
keyingi qilmishi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb malakalanishi va 
javobgarlikka tortilmasligi lozim. 
404 


Birlamchi qilmishni shaxs ehtiyotsizlik orqasidan yoki umuman 
aybsiz sodir etgan holda, unda birlamchi qilmish tufayli yuzaga keltirilgan 
kattaroq zararning oldini olish uchun keyinchalik kamroq zararni yetkazish 
doimo oxirgi zarurat qoidalariga ko‘ra malakalanishi lozim. Birlamchi 
qilmish esa mustaqil huquqiy baholanishi kerak. 
Oxirgi zaruratda xavf manbai deb, fuqarolar va mansabdor shaxs-
larning ma’lum qonuniy harakatlari (harakatsizligi) ham tan olinishi 
mumkin. Jumladan, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar 
sifatida: zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, jinoyatchini ushlash va boshqalar 
mavjud bo‘lganda sodir etilgan harakatni (harakatsizlikni) tan olish lozim. 
So‘zsiz ravishda, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishda, 
buyruqni bajarishda sodir etilgan qilmishlar va hokazolar xavf manbai deb 
tan olinishi lozim. Bunday harakatlarga qarshi oxirgi zarurat doimo 
mumkin va qonuniy bo‘ladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin