Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Tahdid solayotgan xavfni bartaraf etishga qaratilgan qilmishning



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Tahdid solayotgan xavfni bartaraf etishga qaratilgan qilmishning 
qonuniyligi uning nazariya va amaliyotda ishlab chiqilgan hamda JK 38-
moddasi 1-qismida mustahkamlangan ma’lum mezonlarga muvofiq 
bo‘lishini talab etadi. Ushbu mezonlar qilmishni uning ijtimoiy foydali 
maqsadi, aynan shunday qilmishni amalga oshirish majburiyligi (xavfni 
boshqa vositalar bilan bartaraf etish mumkin emasligi), uning uchinchi 
shaxslar huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazishga qaratilganligi, 
yetkazilgan zarar hamda oldi olingan zararning muvofiq bo‘lishi jihatidan 
ta’riflaydi. Bundan tashqari, bunday qilmishga alohida o‘ziga xos talab 
sifatida qonun oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqmaslikni ajratib 
ko‘rsatadi. Faqat qilmishning barcha belgilangan shartlarga muvofiq 
kelishi uni oxirgi zarurat holatida sodir etilgan, ya’ni jinoiy bo‘lmagan va 
jinoiy javobgarlikka tortilmaydigan deb tan olishga imkon beradi. 
Oxirgi zaruratda qilmish qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga 
zarar yetkazish xavfini bartaraf etishga qaratiladi, ya’ni u ijtimoiy foydali 
406 


bo‘lib, ijtimoiy foydali manfaatga erishish maqsadiga xizmat qiladi. 
Bunda jinoiy qonun huquq bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarni himoya 
qilishga qaratilgan barcha qilmishlarni emas, balki qonun bilan 
qo‘riqlanadigan huquqlar va manfaatlarga tahdid soluvchi xavfni bartaraf 
etishga qaratilgan qilmishlarni ijtimoiy foydali deb tan oladi. Boshqa 
manfaatlarni himoya qilish ijtimoiy foydali deb tan olinmaydi va shuning 
uchun oxirgi zarurat deb qaralishi mumkin emas.
Qilmishning majburiyligi (xavfni boshqa vositalar bilan bartaraf 
etib bo‘lmasligi) yuzaga kelgan sharoitda huquq bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarga zarar yetkazish xavfni bartaraf etishning yagona mumkin 
bo‘lgan, oxirgi usuli ekanligini bildiradi (jinoiy huquq ko‘rib chiqilgan 
institutining nomlanishi ham shundan kelib chiqadi). Boshqacha aytganda
jinoyat qonuni himoyasi ostida bo‘lgan huquqlar va manfaatlarga zarar 
yetkazilishi xavfi yuzaga kelganda shaxs qonuniy harakatlar bilan 
zararning oldini olishga intilishi va faqat tahdid soluvchi xavfni bartaraf 
etish mumkin bo‘lmagan holdagina bir manfaatni boshqasi uchun 
majburan qurbon qilishi kerak, chunki xavfni bartaraf etishning boshqa 
vositalari yo‘q yoki yetarli bo‘lmaydi. Shunday qilib, shaxs, eng avvalo, 
huquq bilan qo‘riqlanadigan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga va 
faqat bu mumkin bo‘lmaganda ularning kamroq ahamiyatli bo‘lganiga 
zarar yetkazilishiga intilishi lozim. Ushbu masalani shunday hal etish 
oxirgi zaruratda jinoyat qonuni bilan teng ravishda himoya qilinadigan 
obyektlar to‘qnashuvi tufayli kelib chiqadi. 
Xavfni boshqa huquq bilan qo‘riqlanadigan manfaatga zarar 
yetkazmay bartaraf etish imkoniyati harakatlarning qonuniyligini istisno 
etadi; ushbu institutning zaruriy mudofaadan farqi ham shundan iborat, u 
boshqa imkoniyat bo‘lganda ham zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yadi. 
Bunday holatlarda sodir etilgan qilmish umumiy asoslarda malakalanishi 
lozim. Bunda tergov va sud organlari qilmishning subyekt tomoniga 
e’tibor berishi lozim, ya’ni agar shaxs huquq bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarga zarar yetkazmagan holda xavfni bartaraf etishning boshqa 
imkoni mavjudligini anglab yetgan yoki ish holatlariga ko‘ra anglab 
yetishi lozim bo‘lgan holda uning harakatlari tegishli qasddan yoki 
407 


ehtiyotsiz jinoyat sifatida malakalanishi lozim. Agar shaxs unda zarar 
yetkazilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa qilmishlarni amalga oshirish 
imkoni mavjudligini anglab yetmagan va ish holatlariga ko‘ra anglab 
yetishi mumkin bo‘lmagan holda bu qilmishni oxirgi zarurat qoidalariga 
ko‘ra malakalash lozim. 
Shuni ta’kidlash lozimki, qilmishni oxirgi zaruratda amalga oshirish 
majburiyligi uning shu vaziyatda yagonaligini bildirmaydi, ya’ni aynan 
shu qilmish yagona bo‘lishi lozimligi talab etilmaydi. Qilmishning 
majburiyligi faqat zarar yetkazish majburiyligi bo‘lib, lekin uni yetkazish 
usullari majburiy bo‘lmaydi. 
Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan harakat alomatlariga mos 
keluvchi qilmishni sodir etish faqat uchinchi shaxslarning huquqlari va 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin