yetkazilgan holda, ayniqsa boshqa obyektlarning ko‘proq sonini qutqarish
maqsadida JK himoya qiladigan imtiyozli obyektlarning kamroq soniga
zarar yetkazilishi (masalan, bir nechta kishilarga og‘ir tan jarohatlari
yetkazilishining oldini olish uchun bir kishini o‘ldirish) bunday holda
oxirgi zarurat zarar yetkaziladigan va bartaraf etiladigan JK himoya
qiladigan obyektlarning xarakteri o‘rtasida keskin nomuvofiqlik
bo‘lmagan holda qonuniy deb tan olinishi kerak. Bu holda yetkazilgan
zarar va oldi olingan zararga nisbatan ahamiyati masalasini hal etish
ko‘proq ishning muayyan holatlariga bog‘liq bo‘ladi: xavf bo‘lgan va zarar
yetkazilgan obyektlarning individual xususiyatlari, tahdid solgan va
yetkazilgan zararning haqiqiy miqdori va boshqalar. Xuddi shunday tarzda
bir yoki bir necha katta ahamiyatli ne’matlarni kam ahamiyatli ko‘proq
ne’matlarga zarar yetkazilishi holatida himoya qilish masalasi hal etilishi
kerak (masalan, o‘z mulkini o‘zganing mulkiga, jamoat tartibiga,
boshqaruv tartibiga zarar yetkazish orqali himoya qilish va hokazo).
Oxirgi zarurat qonuniyligining mustaqil sharti sifatida qonun
shaxsning oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqmasligi shartini
ko‘rsatadi (JK 38-moddasi 2-qismi).
«Agar boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin bo‘lsa
yoki keltirilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan
qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga bunday zarar yetkazish oxirgi
zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topiladi» (JK 38-moddasi 3-
qismi).
Shuni qayd etish lozimki, bu shartlardan hech bo‘lmasa bittasi
bo‘lmaganda oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb hisoblanadi:
qilmish majburiyligi yoki yetkazilgan zarar muvofiqligi va ularning
jamuljamligi bu holda talab etilmaydi. Ayni paytda oxirgi zarurat
chegarasidan chetga chiqish faqat shunday zarurat bo‘lganda mumkin
bo‘ladi, shuning uchun qilmishni oxirgi zarurat chegarasidan chetga
chiqishda sodir etilgan deb tan olish uchun tergov va sud organlari oxirgi
410
zarurat holati mavjudligini, ya’ni majburiyligi yoki muvofiqligidan
tashqari barcha avval sharhlangan shartlar mavjudligini aniqlashi lozim.
Shaxs qilmishini oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqishda sodir
etilgan deb malakalash uchun tergov va sud organlari subyekt tomonining
shakliga alohida e’tibor berishi kerak, u qilmishni baholashga hal etuvchi
ta’sir ko‘rsatadi. Bunda tahdid solgan xavf keltirib chiqargan kuchli ruhiy
hayajon holatida shaxs har doim ham oxirgi zarurat chegarasini to‘g‘ri
aniqlab va belgilab ololmaydi. Shu sababli, oxirgi zarurat chegarasidan
chetga chiqishni aniqlaganda tergov va sud organlari har bir muayyan
holatga individual yondashishi kerak.
Qilmish majburiyligi mavjud emasligi alomatiga ko‘ra oxirgi zarurat
chegarasidan chetga chiqishga qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi ayb xos
bo‘ladi, ya’ni shaxs xavfni zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan usulda
bartaraf etish imkonini anglab yetgan yoki ish holatlariga ko‘ra anglab
yetishi lozim bo‘lgan holat bo‘ladi. Bu holda sodir etilgan qilmish JK 55-
moddasining 1-qismi «e» bandiga havola etgan holda tegishli qasddan
yoki ehtiyotsizlik orqasidan jinoyat deb, ya’ni oxirgi zarurat chegarasidan
chetga chiqish bilan sodir etilgan jinoyat deb malakalanishi kerak.
Agar oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish oldi olingan zarardan
kattaroq zarar yetkazilishida ifodalansa, oxirgi zarurat chegarasidan chetga
chiqish uchun javobgarlik faqat qilmish jinoiy ehtiyotsizlik shaklida sodir
etilgan holda yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, aybdor shaxs u oldi
olinayotgan zararga qaraganda kattaroq yoki teng zarar
yetkazilayotganligini ish holatlariga ko‘ra anglashi lozim bo‘lsa-da, anglab
yetmaydi. Shu holda kattaroq zararni yetkazish qasdi aniqlansa (masalan,
jabrlanuvchiga og‘ir tan jarohatini yetkazishga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni
o‘ldirish), sodir etilgan qilmish tegishli qasddan jinoyat deb malakalanishi
lozim, bunda oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish bo‘lmaydi.
Oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqishda subyekt tomonning
majburiy elementi ijtimoiy foydali maqsadi bo‘ladi: kattaroq zarar
yetkazishni kamroq zarar yetkazish orqali bartaraf etish. Oxirgi zarurat
qonuniyligining umumiy sharti bo‘lgan holda ushbu shart oxirgi zarurat
411
chegarasidan chetga chiqishda sodir etilgan qilmish sifatida baholashda
alohida ahamiyat kasb etadi.
JK da oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqishda sodir etilgan
maxsus jinoyat tarkiblari yo‘qligini qayd etish lozim. Shuning uchun
bunday qilmishlarni tegishli qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan jinoyat
uchun javobgarlikni ko‘zda tutgan moddalar bo‘yicha malakalab, u oxirgi
zarurat chegarasidan chetga chiqishda sodir etilganligini ko‘rsatish kerak,
bu esa qonun tomonidan yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olinadi
(JK 55-moddasi 1-qismi «e» bandi).
Oxirgi zarurat huquqi har bir insonga uning yoshi, layoqati, ijtimoiy
maqomi va boshqa omillaridan qat’i nazar tegishli bo‘ladi – qonunda bu
jihatdan biror-bir cheklash mavjud emas. Har kim ushbu subyekt
huquqidan ushbu ne’matlarni o‘z kuchi bilan himoya qilish uchun
foydalanishi mumkin, lekin uni amalga oshirmasligi ham mumkin. Ayni
paytda ba’zi shaxslar uchun xavfni bartaraf qilish kasbiy va xizmat burchi
bo‘ladi, masalan, ichki ishlar organlari, davlat xavfsizlik xizmati, yong‘in
xavfsizligi xizmati xodimlari va hokazo. Bu shaxslarga ularning xizmat
yoki kasbiy vazifalarini bajarganida oxirgi zarurat qoidalari taalluqli
bo‘lmaydi, ya’ni ular oxirgi zarurat tufayli, ya’ni bu holda ularning
huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazilishi mumkinligi tufayli xavfni
bartaraf qilishdan bosh torta olmaydi, lekin xavfni bartaraf qilishda ichki
ishlar organlari, davlat xavfsizlik xizmati, yong‘in xavfsizligi xizmati
xodimlari va boshqalar uchinchi shaxslar huquqlari va manfaatlariga zarar
yetkazish kerak bo‘lgan vaziyatga duch kelishi mumkin (masalan, yong‘in
ichagini tortib o‘tkazish uchun avtomashina oynasini sindirish), bu holda
ularning harakatlari qaralayotgan moddaning qoidalariga muvofiq
baholanishi lozim.
Ayni paytda oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish subyektlari
deb, tegishli jinoyat uchun jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan va bunday
jinoyat subyektining barcha kerakli alomatlariga ega bo‘lgan layoqatli
jismoniy shaxslar tan olinishi mumkin.
Sud-tergov amaliyotida, ko‘pincha, u yoki bu qilmishni zaruriy
mudofaa holatida sodir etilgan deb malakalashda ma’lum qiyinchiliklar
412
kelib chiqadi. Ayni paytda to‘g‘ri malakalash yetkazilgan zararning
chegarasini aniqlashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, jinoiy javobgarlikka
tortilayotgan shaxsning huquqiy maqomiga bevosita ta’sir etadi. Bundan
tashqari, sodir etilgan qilmishning to‘g‘ri malakalanishi JK vazifalariga
erishish, huquqni muhofaza qilish organlarining obro‘si va mavqei
ortishiga xizmat qiladi.
Shu sababli tergov va sud organlari zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat
farqlariga e’tibor berishi lozim:
– zaruriy mudofaada shaxs qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlari va
manfaatlarini huquqqa qarshi tajovuzdan himoya qiladi. Oxirgi zaruratda
esa, shaxsning harakatlari faqat huquqqa qarshi tajovuzgina emas, xavf
yuzaga kelishining vaziyati, turli manbalari bilan belgilab beriladi
(masalan, tabiat kuchlari, fiziologik va patologik jarayonlar, mexanizmlar
nosozligi va hokazo);
– oxirgi zarurat holatida qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlar va
manfaatlarga zarar yetkazish tahdid solgan xavfni bartaraf etishning
yagona, oxirgi vositasi bo‘ladi. Zaruriy mudofaada himoya vositalari
mudofaalanuvchi tomonidan tanlanadi va tajovuzning xarakteri va xavfi
darajasiga mos kelishi kerak, bu zarar yetkazishni istisno etmaydi. Zaruriy
mudofaada himoya qilish tajovuzdan qochish mumkin bo‘lganda ham
qonuniy bo‘ladi;
– zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasi turlicha.
Jumladan, zaruriy mudofaada zarar faqat (haqiqiy yoki xayoliy)
tajovuzchiga yetkaziladi, oxirgi zaruratda esa faqat uchinchi shaxslar
manfaatlariga, ya’ni xavfni bartaraf etuvchi shaxs tomonidan shu xavfga
daxlsiz deb idrok etilganlarning manfaatlariga yetkaziladi;
– zaruriy mudofaa holatida zararning muvofiqligi yetkazilgan zarar
oldi olingan zarardan kamroq bo‘lishini talab etmaydi – u kamroq, teng
yoki ko‘proq bo‘lishi mumkin. Oxirgi zaruratda zarar yetkazilgan holda u,
albatta, oldi olingan zarardan kamroq bo‘lishi kerak;
– zaruriy mudofaada himoya qilish faqat faol harakatda ifodalanadi,
oxirgi zaruratda xavfni bartaraf etish ham harakat, ham harakatsizlik orqali
amalga oshirilishi mumkin.
413
|