Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Ushlash qonuniyligi shartlari mavjudligi qonunchilik tomonidan 
qisqa muddatli erkinlikdan mahrum etish huquqi uchun yetarli va kerakli 
asos deb tan olinadigan holatlarning yaxlit ta’rifini beradi. Bu holatlar 
ushbu institutning amalda barcha muhim jihatlarini, ya’ni ushlash asosi va 
subyekti, uni amalga oshirishning usullari va vositalari; ushlash maqsadi 
va uning bajarilishi mumkin bo‘lgan vaqti. Faqat bajariladigan qisqa 
muddatli ozodlikdan mahrum etish harakatining barcha belgilangan 
shartlarga muvofiqligi uni qonuniy harakat sifatida malakalashga imkon 
beradi. 
Ushlangan shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi 
ushlash huquqini amalga oshirish uchun asos bo‘ladi, qonunda bu bevosita 
ko‘rsatilgan (JK 39-moddasi 1-qismi). Ushlash huquqi istalgan (odatda 
zo‘rlik ishlatib sodir etilgan) jinoyatni sodir etish paytidan boshlab yuzaga 
keladi. Ijtimoiy xavfli qilmish sifatida, shuningdek, tugallanmagan jinoyat 
holatlari (jinoyatga suiqasd va jinoyatga tayyorgarlik) tan olinishi lozim. 
Bundan tashqari, ijrochilik, yordamchilik, dalolatchilik, undan ham 
tashkilotchilik shaklidagi jinoyatda ishtirok etish shaklida amalga 
oshiriladigan harakatlarning (harakatsizlikning) ijtimoiy xavfi ochiq 
ko‘rinadi. 
Ushlash huquqini amalga oshirish asosi deb tan olish uchun sodir 
etiladigan qilmishning ijtimoiy xavfining darajasi ahamiyatli emas. Ayni 
paytda, sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligi darajasi shaxsni 
hokimiyat organlariga yetkazish zaruratiga, ushbu shaxsga zarar 
yetkazishga, ushlashning tegishli usullari va vositalarini qo‘llashga ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Shaxsni jinoyat bo‘lmagan ma’muriy huquqbuzarlik, intizomiy 
qilmishni sodir etgani uchun ushlash mumkin emasligini qayd etish lozim. 
Xuddi shunday, jinoiy qasdini aniqlagan holda ham ushlash mumkin emas, 
chunki shaxs hali hech qanday ijtimoiy xavfli qilmishlarni sodir etmagan. 
«Sof qasdini» aniqlash jinoiy javobgarlikni, demakki, ushlash huquqini 
istisno etadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin