Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

huquqiylik shartlariga mos kelgan taqdirda qilmishni jinoiyligini istisno 
qiladigan holat deb topilishi mumkin. Boshqacha aytganda, buyruq, 
farmoyish va boshqa xizmat majburiyatlari jinoyat to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarida keltirilib o‘tilgan talablarga zid bo‘lmagan harakat yoki 
harakatsizlik orqali bajarilishi kerak. Aks holda bunday harakat yoki 
harakatsizlik mustaqil jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. 
Masalan, tashkilot xodimlarining unga qo‘yiladigan soliqlarni eng ko‘p 
suratda qisqartirishga bo‘lgan intilishlari haqidagi farmoyish vakolatli 
shaxs tomonidan berilsa, bu soliqlarni to‘lashdan qochayotgan qaysi bir 
xodim ushbu sharhlanayotgan modda qoidalariga muvofiq berilgan 
farmoyishning ta’sir kuchi bilan o‘zi sodir etgan qilmishi uchun jinoiy 
javobgarlikni istisno qiladi degan ma’noni bermaydi. 
Subyekt tomondan, buyruq va boshqa farmoyishlarni ijro etishda 
Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga ma’lum 
darajada zarar yetkazilishi subyektning istagi bilan qamrab olinmagan 
bo‘lishi kerak. Agar bajaruvchi yetkazilgan zararning g‘ayrihuquqiy 
ekanligini anglasa, bunday hollarda sodir etilgan g‘ayrihuquqiy qilmish 
428 


xizmat yuzasidan qaram bo‘lgan vaziyatda sodir etilgan deb topiladi. 
Boshqacha aytsak, buyruq yoki farmoyishni bajarish oqibatida ma’lum 
zarar yetkazgan shaxs, buyruq yoki farmoyishni obyektiv belgilariga ko‘ra 
qonunchilikka muvofiq deb anglagan bo‘lishida ifodalanadi. Aks holda, 
agar bajaruvchi yetkazilgan zararni g‘ayrihuquqiy ekanligini anglasa, 
bunday hollarda sodir etilgan jinoiy qilmish xizmat yuzasidan qaram
bo‘lgan vaziyatda sodir etilgan deb topiladi. Xususan, JK 40-moddasi 2-
qismiga muvofiq, «jinoiyligi oldindan ayon bo‘lgan buyruq yoki boshqa 
farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs, umumiy asoslarda 
javobgarlikka tortiladi». 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin