Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

JK 40-moddasi 3-qismiga muvofiq, «g‘ayriqonuniy ravishda 
berilgan buyruq yoki farmoyishni yoxud mansab vazifasini bajarmagan 
yoki buzgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Shaxsning amalda sodir 
etgan qilmishida boshqa bir jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud 
bo‘lsagina, u javobgarlikka tortiladi». Mazkur qoidalar ushbu modda va 
JKning, noqonuniy buyruq, farmoyish va mansab vazifalarini buzish 
holatlarini ko‘zda tutgan boshqa moddalari o‘rtasidagi kolliziyalarni hal 
etadi. Mazkur qoidalar noqonuniy buyruq, farmoyish va mansab vazifasini 
bajarmaganlik yoki buzish holatlarida, buyruqni bajarmaganlik yoki 
buzish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi lozim paytda, jinoiylikni 
istisno qiladi (masalan, JK 279, 280-moddalari). Shuni ko‘zda tutish 
lozimki, har qanday g‘ayrihuquqiy yoki jinoiyligi ma’lum bo‘lgan buyruq, 
farmoyish yoki boshqa xizmat majburiyatlarini bajarmaslik yoki buzish, 
jinoiy javobgarlikni istisno qiladi. Ayni paytda, sud va tergov organlari 
sodir etilgan harakatda boshqa jinoyat tarkibi mavjud yoki mavjud 
emasligini aniqlashlari lozim, chunki agar u aniqlansa, shaxs jinoyat uchun 
javobgarlikka tortiladi. 
JK 40-moddasi qoidalari, faqat ichki ishlar, Qurolli Kuchlar, DXX, 
prokuratura organlari yoki boshqa davlat muassasalarida xizmat qiluvchi 
shaxslarga tegishli emas. Huquqiy-tashkiliy shaklidan qat’i nazar, istalgan 
korxona, tashkilotning ishchi-xizmatchisi buyruq yoki farmoyish, 
shuningdek, mansab vazifasini ijro etish yo‘lida jinoyat sodir etgan shaxs 
ham jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. 
430 


7-§. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik 
O‘zbekiston jinoyat qonunida kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq 
asosli tavakkalchilik kabi qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat 
sifatida alohida institut mavjudligining ahamiyati katta, zero, bu 
jamiyatning taraqqiy etishiga ko‘mak berib, ma’lum holatlarda turli 
eksperimentlarni amalga oshirgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod 
qilib, qaror qabul qilishda yanada tashabbuskorroq bo‘lish imkoniyatini 
yaratadi. Ayni paytda, qonun asossiz, mas’uliyatsiz harakatlarni sodir 
etishning oldini oladi va xavfli harakatlarni sodir etish yoki etmaslikning 
qonuniyligini belgilab beruvchi shartlarni ko‘rsatadi. Ushbu shartlar 
buzilgan holatda shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishga asos paydo bo‘ladi. 
JK 41-moddasida ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb 
yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilib, huquqlar va 
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat deb 
topilmasligining shartlari ixchamlashgan shaklda ko‘rsatilib o‘tilgan. 
Mazkur shartlar, birinchidan, qilmishdagi tavakkalchilikni ijtimoiy foydasi 
tarafidan, ikkinchidan, uni amalga oshirishdagi xatti-harakatlarni ma’lum 
darajadagi xavfsizligiga rioya qilinganligi tarafidan tavsiflanadi. Aynan 
shunda, qilmish mazkur barcha talablarga rioya etilganda, u kasb yoki 
xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik sifatida tan olinib, mos 
ravishda, jinoyatni istisno qilishi mumkin. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin