Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

«tavsiyalar», «farmoyishlar» va «farmonlar» ham berilishi mumkin. 
Bular masalalarni hal qilish, ularni qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan 
shaxsning huquqiy maqomi bo‘yicha o‘zaro farqlanadi. Bu aktlarning 
asosiy umumiy jihati – ularning ijro etish majburiyati yuklangan shaxs 
tomonidan bajarilishidir. 
Qonun tomonidan buyruq yoki boshqa farmoyishlarning shakli aniq 
belgilanmagan. Tashkilotlarni boshqarish amaliyotida ular yozma, og‘zaki 
yoki namoyishkorona (belgi, bayroqcha va h.k.) shaklda bo‘lishi, 
shuningdek, texnik aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin. Lekin 
ayrim hollarda buyruqning faqat yozma shaklda bo‘lishi talab qilinadi. 
Bunday talablarga rioya etilmasligi uning haqiqiy emas, deb topilishiga 
sabab bo‘ladi. 
Buyruq yoki boshqa farmoyishlardan farqli ravishda mansab 
majburiyatlari vakolatiga qarab, xodimlardan bajarilishi talab qilinadigan 
funksional majburiyatlar doirasini o‘zida aks ettiradi. Demak, mansab 
majburiyatlari 
subyekt 
qanday lavozimga egaligiga bog‘liqdir. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, xizmat majburiyatlari ish 
beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasida belgilangan yozma 
427 


shartnomasida bo‘lishi kerak (MK 73-moddasi 1-qismi). Aks holda, ular 
g‘ayriqonuniy deb hisoblanishi mumkin. 
Buyruq, farmoyish va boshqa boshqaruv aktlari qonuniyligining 
muhim sharti – uning qonun talablariga mos kelishi, ya’ni mazmunidir
Buyruq, farmoyish yoki boshqa xizmat majburiyatlari ichki huquqiy 
talablarga zid bo‘lmasligi shart. Bundan tashqari, nafaqat Jinoyat kodeksi 
talablariga, balki boshqa qonunlar va qonunosti hujjatlariga ham qarama-
qarshilik mavjud bo‘lmasligi lozim. 
Qabul qilingan boshqaruv akti, shuningdek, mansab vazifalarini 
belgilash, tegishli xatti-harakatni ijro etayotgan mansabdor shaxsning o‘z 
funksional vakolatlari doirasida qabul qilingan bo‘lishi kerak. Buyruq yoki 
boshqa farmoyishlar, agar ular boshliqning vakolati doirasidan chetga 
chiqilgan bo‘lsa, o‘z mohiyatiga ko‘ra noqonuniy hisoblanadi, zero ularni 
belgilashda tegishli huquqqa ega shaxsning irodasi kuzatilmaydi, mazkur 
vaziyatda esa bu zaruriy talabdir. 
Buyruq, farmoyish yoki boshqa boshqaruv aktlarini ijro etish 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin