himoyalanish qonuniyligining ushbu shartini aniqlash jarayonida tergov va
sud organlari tajovuzning xarakteri va xavfli ekanligiga hamda
mudofaalanuvchining huquqqa qarshi harakatga javob berish yuzasidan
kuchi va imkoniyatlariga, shuningdek, himoyalanishning muvofiqligini
aniqlashda hisobga olinishi lozim bo‘lgan boshqa holatlarga e’tibor berishi
lozim.
Tajovuz xarakteri deb, bu holda jinoiy qasdning tashqi namoyon
bo‘lishi, ya’ni qilmishning obyektiv tomonining sifat xususiyatlari
tushuniladi. Tajovuz xarakterini baholash amalga oshiriladigan tarkibiy
elementlari uning intensivligi, tezligi va to‘satdanligi jinoiy natijaga
erishishdagi qat’iyligi bo‘ladi. Bundan tashqari, tajovuz xarakterini
aniqlashda, shuningdek, jinoiy qasdiga erishish usuli (zo‘rlik ishlatish
bilan yoki zo‘rliksiz) ham hisobga olinishi lozim.
Himoyalanishning tajovuz xavfiga muvofiq bo‘lishining talabi
himoyalanishning, albatta, jinoiy qilmishning ichki tomoniga muvofiq
bo‘lishini ko‘zda tutadi, jinoyatning ichki tomoni deganda, ma’lum
ijtimoiy munosabatlarga (jinoyat obyektiga) zarar yetkazishga
qaratilganligi tushuniladi, ularning qadr-qimmati qanchalik ko‘p bo‘lsa,
ularga tajovuz bo‘lganda jinoyat shunchalik xavfli bo‘ladi. Bundan kelib
chiqib,
tajovuzning xavfli bo‘lishi uning jinoyat zararliligi jihatidan
ta’riflaydigan xususiyati bo‘lib, jinoyat jamiyat uchun qanchalik zararli
bo‘lsa, qilmish shunchalik xavfli bo‘ladi. Bunda tajovuz xavfliligini
baholash ham amalga yetkazilgan, ham taxminiy yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan zarariga ko‘ra o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: