Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Zaruriy mudofaa – bu ijtimoiy xavfli bo‘lgan tajovuzdan qonuniy 
himoya qilish bo‘lib, tajovuzchiga noilojlikdan zarar yetkazish orqali 
amalga oshiriladi hamda tajovuzning xarakteriga va ijtimoiy xavfliligi 
darajasiga mos keladi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, JK himoya qilish obyektlari sifatida shaxsni, 
uning huquqlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘rsatadi. Bunda JK 2-
moddasining qoidalaridan farqli ravishda, ushbu obyektlar umumiy 
ahamiyatga ega bo‘ladi hamda Kodeks tomonidan jazo tahdidi ostida 
himoya qilinadigan barcha ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi. 
Xususan, atrof tabiiy muhitning, mulkning saqlanishini ta’minlash, 
insoniyat tinchligi va xavfsizligi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan 
munosabatlarni shunday munosabatlar deb tan olish kerak. JK 37-
moddasi 1-qismida sanab o‘tilgan zaruriy mudofaada himoya qilinadigan 
obyektlar umuman olganda JKning himoyasi ostida bo‘lgan 
munosabatlarning yagona formulasini ta’riflashi lozim: shaxs – jamiyat – 
davlat, bu yuridik texnikaning xususiyatlari tufayli yuzaga kelgan bo‘lib, 
rasmiy jihatdan boshqacha bo‘lgan munosabatlarni himoya qilishga 
qaratilgan harakatlarni zaruriy mudofaa deb tan olishga ta’sir etmaydi. 
«Zaruriy mudofaa to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash davlat mulki, jamoat 
tartibi, boshqa fuqarolarning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, manfaatlarini 
tajovuzdan qo‘riqlashga ham oiddir»
1

Zaruriy mudofaada himoya qilish shaxsning tajovuzchiga ma’lum 
zarar yetkazuvchi faol harakatlarida ifodalanganligi tufayli, qonun ushbu 
mudofaa mos kelishi lozim bo‘lgan ma’lum shartlarni ko‘rsatadi. 
Mudofaaning ushbu qonun shartlariga mos kelmasligi undan chetga 
chiqish bo‘lib, u ijtimoiy xavfli bo‘lganligi tufayli jinoyat deb tan olinadi. 
1
384 


Vatanimizdagi jinoiy huquq nazariyasi va sud amaliyotida ishlab 
chiqilgan zaruriy mudofaa qonuniy bo‘lishining shartlari jamlangan holda, 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin