yetkazilmagan bo‘lsa, sodir etilgan qilmish odam o‘ldirishga qasd qilish
deb malakalanishi lozim va kam ahamiyatli deb qaralishi mumkin emas.
Xuddi shu holatda, agar jabrlanuvchini qo‘rqitmoqchi bo‘lib, aybdor shaxs
shunday bir qilmishni sodir etgan bo‘lsa va uning oqibatida jabrlanuvchiga
og‘ir tan jarohatlari (ruhiy shikastlanish) yetkazilgan bo‘lsa, bu qilmish
ham kam ahamiyatli deb tan olinishi mumkin emas, chunki kam
ahamiyatli bo‘lishining tegishlicha obyektiv elementi mavjud emas,
subyekt belgisi mavjud bo‘lsa ham.
Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi masalasini hal etishga aybdor
shaxsini tavsiflovchi xususiyatlar ta’sir etmaydi. Faqat qilmishning o‘z
xususiyatlarigina bunday qaror qabul qilishda hisobga olinishi kerak,
aybdor shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqat jazoning turi va miqdorini
belgilash uchungina, ya’ni shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining
moddiy va rasmiy belgilari aniqlanganidan keyingina muhim ahamiyatga
ega bo‘ladi.
Bir qator hollarda jinoiy qonunchilik ma’lum miqdorda (ancha, ko‘p
miqdorda va juda ko‘p miqdorda) zarar yetkazilishini jinoyatning majburiy
belgisi deb tan olishini qayd etish lozim. Bunday hollarda kam ahamiyatli
zarar yetkazilishi sodir etilgan qilmish hatto, rasman jinoyat belgilariga
mos kelmasligini ko‘rsatadi. Jinoiy ish bunday hollarda
JK 36-moddasi
bo‘yicha kam ahamiyatli ekanligi yuzasidan emas, balki
JK 36-
Dostları ilə paylaş: