baholanadi. «Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida
unga yetkazilgan zararning qonuniyligini baholashda, qilmishni sodir
etgan shaxsning ushlanishdan qochish maqsadida qilgan harakatlari,
ushlovchining kuchi va imkoniyatlari, ruhiy holati va ushlash bilan bog‘liq
bo‘lgan boshqa holatlar hisobga olinadi»
(JK 39-moddasi 3-qismi).
Sud va tergov organlari ushlash choralaridan chetga chiqish bilan
bog‘liq bo‘lgan qilmishni
kvalifikatsiya qilishda uning subyekt tomoniga
e’tibor qaratishlari shart. Qonundagi ko‘rsatmaga muvofiq, ushlash
vositalari va usullarining nomutanosibligi, mazkur nomutanosiblik,
shuningdek, shaxsga yetkazilayotgan zarar xarakteri va darajasi,
aybdorning jinoiy qasdi bilan qamrab olingan bo‘lsa, jinoiy qilmish
sifatida tan olinadi. Ushlash choralaridan chetga chiqishda ehtiyotsizlik
bilan har qanday darajadagi shikast yetkazilganda, shuningdek, shaxs ongi
bilan qamrab olinmagan shikast yetkazish uchun shaxs jinoiy
javobgarlikka tortilmaydi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga yoshi,
ijtimoiy kelib chiqishi, jinsi va mansabidan qat’i nazar, har qanday
jismoniy shaxs egadir. «Maxsus vakolatli
shaxslar bilan bir qatorda
jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar ham ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan
shaxsni ushlash huquqiga egadirlar»
(JK 39-moddasi 4-qismi). Shuni
alohida qayd etish zarurki, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilgan shaxsni
ushlash huquqi, har bir insonning zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat huquqi
singari, subyekt huquqi bo‘lib, jinoiy qilmish sodir etgan shaxsni ushlash
yoki bundan o‘zini tiyish to‘g‘risidagi masalani hal qilish faqat uning
vakolatiga tegishlidir. Ayni paytda, alohida
bir guruh shaxslarga, ya’ni
qonun tomonidan maxsus vakil etib tayinlangan shaxslarga ijtimoiy xavfli
qilmish sodir etgan shaxsni ushlash ularning kasb yoki xizmat burchlari
hisoblanib, ular ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashdan
chekinishlari mumkin emas. Bu guruhdagi shaxslarga ichki ishlar
organlari, DXX, prokuratura va boshqa organ xizmatchilari, ya’ni
xavfsizlik va jamoat tartibini saqlashga mas’ul shaxslar kiradi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning qonuniyligini
ko‘rsatuvchi u yoki bu belgilarni ushlovchi
harakatlarida obyektiv
424
tomonning yo‘qligi alohida e’tiborga loyiq masaladir. Xususan, ushbu
belgining mavjud emasligi ushlashning qonuniyligini (ushlash subyekti,
vaqt chegaralari va boshqalar), demakki, zarar yetkazishning qonuniyligini
(zarar yetkazishga majbur bo‘lish va uni ushlash holatiga muvofiqligi va
boshqalar) belgilashga taalluqlidir. Bunday hollarda sud va tergov
xodimlari ushlovchi shaxsning mavjud faktik xatosini aniqlashlari va
shunga bog‘liq tarzda, uni quyidagicha baholashlari lozimdir:
–
JK 39-moddasi qoidalari bo‘yicha, vujudga kelgan shart-
sharoitlarda aybdor o‘z taxminlarining xato ekanligini anglamagan va
anglashi mumkin bo‘lmagan holatlarda;
– ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan tegishli jinoyat sifatida basharti
ushbu holatda shaxs o‘z taxmini noto‘g‘ri
ekanligini anglashi lozim
bo‘lgan, lekin anglamaganligi aniqlansa;
– tegishli qasddan sodir etilgan jinoyat sifatida, aybdor o‘z
harakatining ijtimoiy xavfini anglagan tarzda ularni amalga oshirishni
istagan bo‘lsa.
Tergov va sud amaliyotida u yoki bu qilmishni zaruriy mudofaa,
oxirgi zarurat yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash
vaqtida zarar yetkazish deb topishda, ularni sodir etilish belgilariga ko‘ra
farqlash masalasida ayrim qiyinchiliklar mavjud. Shu bilan birga,
qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qila olish jinoiy javobgarlikka
tortiluvchi
shaxsning huquqiy maqomini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, qilmishni to‘g‘ri va aniq kvalifikatsiya qilish, Jinoyat
kodeksi oldida turgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash huquqni
muhofaza qiluvchi organlarning obro‘-e’tibori va nufuzini ko‘tarish uchun
muhimdir.
Shu sababli tergov va sud organlari ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan
shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish institutini zaruriy mudofaa va
oxirgi zaruratdan farqlashda quyidagilarga e’tibor berishlari lozim:
– ushlashga bo‘lgan huquq ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi bilan
vujudga kelsa, zaruriy mudofaa mudofaalanuvchi shaxsga qarshi
yo‘naltirilgan tajovuz sodir etilishi bilan, oxirgi zaruratga bo‘lgan huquq
esa nafaqat shaxsdan, balki xohlagan manbadan kelib chiquvchi xavfning
paydo bo‘lishi natijasida yuzaga keladi;
425
– ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash bo‘yicha
tashabbus barcha hollarda bunday huquqqa ega bo‘lgan shaxslar
tomonidan amalga
oshiriladi, zaruriy mudofaa va oxirgi zaruratda esa
shaxs bunday sharoitga kirib qolishi tufayli majbur bo‘ladi;
– ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash huquqi bunday
qilmish sodir etilishi bilan vujudga keladi va amalga oshiriladi, zaruriy
mudofaa va oxirgi zarurat esa tajovuz yoki xavfning amalga oshirilishi
fakti bilan shartlangan bo‘ladi;
– ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashdan asosiy
maqsad bunday shaxsni hokimiyat organlariga topshirish bo‘lsa, zaruriy
mudofaa va oxirgi zaruratda esa, tajovuzchini yengish va xavfni barataraf
etish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: