Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


-§. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

6-§. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish 
JK 40-moddasida O‘zbekiston jinoiy-huquqiy amaliyotida birinchi 
marotaba, buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek, mansab 
vazifalarini qonuniy bajarish tufayli zarar yetkazilishi jinoiylikni istisno 
etadigan holat sifatida qonuniy shaklda qayd etildi. Bugungi kunda mazkur 
shartlar asosida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni (harakatsizlikni) 
baholash qonunchilik darajasida hal etilgan. 
Mazkur shartlarga asoslanib amalga oshiriladigan harakat yoki 
harakatsizlik tegishli huquqiy shartlar mavjud bo‘lgandagina qonuniy deb 
tavsiflanishi mumkin. «Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, 
shuningdek, mansab vazifalarini qonunan bajarishi tufayli zarar 
yetkazilgan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi» (JK 40-moddasi 1-qismi). 
NOTA BENE ! 
Qonuniy buyruq yoki boshqa farmoyish yoxud mansab vazifalarini ijro 
etish uchun harakat qilayotgan shaxs tomonidan jinoyat qonuni tomonidan 
qo‘riqlanayotgan manfaatlarga ziyon yetkazilgan taqdirdabuyruq yoki 
boshqa farmoyishning bajarilishi qilmishning jinoiyligini istisno 
qiladigan holat deb topiladi. 
426 


Ushbu shartlar tegishli xatti-harakatlarni (harakatsizlikni) amalga 
oshirish qonuniyligiga, ya’ni buyruq, farmoyish va mansab vazifasi 
qonuniyligiga hamda mazkur buyruq (farmoyish, mansab vazifasi) 
ijrosining qonuniyligiga doir hisoblanadi. Aynan, qilmish ko‘rsatib 
o‘tilgan barcha belgilarga mos bo‘lsa, jinoiy javobgarlik istisno qilinadi. 
Buyruq, farmoyish yoki xizmat majburiyatlarining qonuniyligini aks 
ettiruvchi birinchi belgilardan biri – bu rasman muvofiq kelishidir. 
NOTA BENE ! 
Buyruq deganda, vakolatli shaxsning ijro etish majburiyati yuklangan 
shaxsga bergan ma’lum bir harakat (harakatsizlik) ni bajarish haqidagi 
qonun va qonunosti aktlarga asoslangan talabi tushuniladi. 
Aynan shu ta’rif buyruqni boshqa ta’sir choralari – iltimos, 
ishontirish, majburlovdan ajratib turadi. Buyruqlar bilan birga 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin