70 – yillaridan boshlandi. O‘sha paytda “Geliotexnika” jurnali chiqa boshlagan va
2000 darajadan ortiq xaroratga bardosh beruvchi materiallarni sinash uchun zarur
quyosh pechini qurish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. 1929 – yilda tamaki
ekstraktini Quyosh nuri yordamida bug‘lantirish amalga oshirilgan
(A. I. Lastak), 1930 – yil Quyosh nurida isitiladigan tajribaviy issiqxonalar qurildi
(L. N. Satikov), 1934 – yil Toshkentda geliotexnika laboratoriyasi, 1943 – yilda
esa O‘zbekiston FA Fizika – texnika instituti tarkibida geliotexnika laboratoriyasi
tashkil etildi. Unda Quyosh suv qurilmalari, meva quritkichlar, Quyosh pilla
ivitgichlari va quritgichlari, oltingugurtning Quyosh suyultirish qurilmasi ishlab
21
chiqildi va amaliyotga tatbiq qilindi. Toshkentda 1946 – yilda ko‘zgusining
diametri 10 metrli paraboloid qurilma qurildi. Bu qurilma xonalarni isitish va
havosini mo‘tadillashtirish, bug‘ hamda muz olish bilan bog‘liq tadqiqotlar
o‘tkazishga imkon berdi (G‘. Y. Umarov). Buxoro shahrida gelio suv isitkichlar
va gelio – oshxonalarni ko‘plab ishlab chiqaradigan birinchi gelioapparatlar
zavodi qurildi (1978).
1963 – yilda Geofizika bo‘limi tashkil etilib, unda Quyosh nuri energiyasini
xo‘jalik ekinlari urug‘lariga ekishdan oldin zaharli kimyoviy moddalarni
qo‘llamagan holda impulsli nur bilan ishlov beruvchi qurilmalar yaratildi.
Katta Quyosh konsentratorlarining amaliy ahamiyatini e’tiborga olib
akademik Azimov S.A. rahbarligida issiqlik quvvati 1000 kVt bo‘lgan “Katta
Quyosh sandonini” (KQS) o‘z ichiga olgan ilmiy ishlab chiqarish majmuasi
yaratildi. Majmuaning katta Quyosh sandoni Toshkent shahridan 45 km uzoqlikda,
Parkent tumanida 1987 – yilda ishga tushirildi. Shunday qurilma shu vaqtga qadar
faqat Odeyo (Fransiya) shahrida bor edi. Qurilmaning konsentratori yuqori va
pastdan kesilgan hamda fokus masofasi 18 m bo‘lgan paraboloid bo‘lib, 54x42 m
o‘lchamga ega. Geliostat maydoni (ko‘zgular joylashgan maydon) 62 ta bir xil
o‘lchamdagi, qiya tekislikda ma’lum tartibda joylashgan geliostatlardan tashkil
topgan. Maydonning vazifasi kun bo‘yi konsentratorni uning optik o‘qi
yo‘nalishidagi quyosh nurlari bilan ta’minlab turishdan iborat. 1993 – yilda “Fizika
– Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tarkibida materialshunoslik instituti
tashkil etilgan. Hozirgi kunda institutda yirik olimlar Risqiyev T.T., Odilov G‘.T. va
boshqalar boshchiligida qiyin eruvchi materiallar fizikasi sohasida keng ko‘lamda
ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
O‘zbekistonda yiliga 320 kun quyosh charaqlab turadi. Davlatimizning 1
– prezidentining 2013 yil 1 martdagi “Muqobil energiya manbalarini yanada
rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida mamlakatimizda qayta
tiklanadigan energetikani rivojlantirish strategiyasi belgilab berilgan. [1]
Xalqaro energetika amaliyotida muqobil manbalar sifatida gidro, quyosh,
shamol, geotermal, yer issiqligi, biomassa energiyalari alohida e’tirof etiladi. Ular
22
orasida eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri, shubhasiz, quyosh energiyasidan
foydalanishdir. 2013 – yil 1 – martdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasining qator ilmiy muassasalari bazasida Xalqaro quyosh
energiyasi instituti tashkil etildi. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish asosida quyosh
energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va eksperimental tadqiqotlar hamda
innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish, ilg‘or va iqtisodiy jihatdan samarali
quyosh texnologiyalari va geliouskunalar asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va
ijtimoiy sohada quyosh energetikasi salohiyatini amaliy qo‘llashga doir takliflar
ishlab chiqish ushbu institutning asosiy vazifalaridir.
Navoiy erkin industrial – iqtisodiy zonasida fotoelektrik panellar ishlab
chiqaruvchi qo‘shma korxona barpo etish, kutilmoqda. Samarqand viloyatida
quyosh fotoelektrik stansiyasini qurish ko‘zda tutilgan va quvvati 100 megavattni
tashkil etadigan quyosh fotoelektrik stansiyasini barpo etish loyihasi tayyorlandi.
Yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan yangi texnologiyalar asosida yana bir necha
yirik quyosh elektr stansiyalarini qurish uchun maqbul bo‘lgan olti hududning
quyosh radiatsiyasi quvvatlari taqsimotini belgilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Noyob ilmiy ob’ekt – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining
«Fizika – Quyosh» ilmiy – ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik
institutining Katta quyosh pechini (1.8 – rasm) modernizatsiya qilish va Xalqaro
quyosh energiyasi institutini laboratoriya – o‘lchov priborlari hamda boshqa
uskunalar bilan ta’minlashga texnik ko‘maklashish loyihasini hayotga tatbiq etish
ishlari ham olib borilmoqda.
“Angren” maxsus industrial zonasi hududida “Shindong Enerkom” (Koreya
Respublikasi) kompaniyasi ishtirokida texnik kremniy ishlab chiqaruvchi ikkinchi
zavod qurilishi nihoyasiga etkazildi (1.9-rasm) va Namangan viloyatining Pop
tumanida ishga tushirilgan ilk quyosh elektr stansiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda
(1.10-rasm).