ho`llanadi; bunday sirt liofil sirt hisoblanadi. Aksincha, cosθ<0 bo`lsa, bu sirt yomon ho`llanadi
va u liofob sirt deyiladi.
4. Kogeziya va adgeziya
Ayni fazadagi modda zarrachalari (atom va molekula) orasidagi o`zaro tortishish
kuchlarining namoyon bo`lishi kogeziya deb ataladi. Kogeziya moddaning uzilishiga bo`lgan
qarshiligini, ichki bosimi va hokazo xossalarini xarakterlaydi. Kogeziyani yengish uchun
sarflanadigan energiya modda ko`ndalang kesimi yuzining 1 sm
2
ga to`g`ri keladigan ish miqdori
bilan ifodalanadi. Agar kesim yuzi 1 sm
2
bo`lgan jism uzilsa, 2 sm
2
, yangi sirt hosil bo`ladi. Shu
sababli kogeziyani yengish uchun bajarilgan ish:
A
k
=2σ
formula bilan ifodalanadi (bu yerda σ sinaladigan jismning havo bilan chegarasida sirt
tarangligi). Endi adgeziyani qarab chiqamiz. Turli fazalardagi moddalar zarrachalari orasida
o`zaro ta`sir kuchlarining namoyon bo`lishi adgeziya deb ataladi. Bir moddaning sirti boshqa
modda sirtiga tekkanda va bir-biriga tortilganida adgeziya hodisasi sodir bo`ladi. Demak,
adgeziyada bajarilgan ishni fazalararo sirt qavatni bir-biridan ajratish uchun zaruriy energiya deb
qarash mumkin. Bu holda 2 ta faza mavjud bo`lgani uchun fazalararo yangi sirt hosil bo`ladi.
Natijada sistemaning dastlabki erkin energiyasi adgeziyada bajarilgan ish qiymati qadar
kamayadi. Shunga ko`ra Dyupre adgeziyada bajarilgan ish uchun quyidagi tenglamani taklif
qildi:
A
a
=σ
2,1
+σ
3,1
-σ
2,3
Bu yerda: A
a
– adgeziyada bajarilgan ish; σ
2,1
– birinchi faza bilan havo chegarasidagi sirt
taranglik; σ
3,1
– ikkinchi faza bilan havo orasidagi sirt taranglik, σ
2,3
– birinchi va ikkinchi
fazalararo sirt taranglik.
A
a
ni suyuqlikning sirt tarangligi σ
2,1
va ho`llanish birchagining kosinusidan hisoblab
chiqarish mumkin.
Aa= σ
2,1
(1+cosθ)
Adgeziya qancha kuchli namouon bo`lsa, cosθ shuncha katta qiymatga ega bo`ladi.
Adgeziya hodisasi fazalararo sirt taranglikning o`z – o`zicha kamayishi natijasida kelib
chiqadi. Binobarin, adgeziya termodinamik jihatdan o`z-o`zicha sodir bo`la oladigan jarayonlar
jumlasiga kiradi. Adgezion o`zaro ta`sirning kattaligi Van-der-Vaals kuchlari qiymatlaridan
tortib, to sof kimyoviy bog`lanish energiyalariga qadar bo`lishi mumkin.
Endi yana kogeziyaga qaytib, shuni aytish kerak-ki, uni suyuqlikning qaynash
temperaturasi va bug`ga aylanish issiqliklari qiymati bilan xarakterlash mumkin.
Biror adsorbent suyuqlikka tushirilganida ho`llanish issiqligi ajralib chiqadi. Uning
qiymati:
Q=S
sol
(E
1
-E
2
) bilan ifodalanadi.
Bu erda S
sol
adsorbentning solishtirma sirti; E
1
– adsorbentning adsorbent-havo
chegarasidagi to`liq sirt energiyasi; E
2
– adsorbentning adsorbent-suyuqlik chegarasidagi to`liq
sirt energiyasi.
0>
Dostları ilə paylaş: