n n n n vV kJ J
Bunda J
0
– yorituvchi nur ravshanligi (intensivligi), J – kolloid zarrachadan tarqalayotgan
nur intensivligi, v – sistemaning hajm birligidagi zarrachalar soni, V – har qaysi zarrachaning
hajmi, n
1
– kolloid zarrachani hosil qilgan moddaning yorug`likni sindirish koeffitsienti, n
2
–
dispersion muhitni hosil qilgan moddaning yorug`likni sindirish koeffitsienti, k – mutanosiblik
koeffitsienti, λ – tushayotgan nur to`lqin uzunligi.
Bu tenglamadagi n
1
ning qiymatigina moddaning kimyoviy tabiatiga bog`liq. Agar n
1
va
n
2
lar o`zaro teng bo`lsa, bunday sistemada Tindal-Faradey effekti kuzatilmaydi. Ikki faza
moddalarining yorug`likni sindirish koeffitsientlari o`rtasidagi ayirma qanchalik katta bo`lsa,
Tundal-Faradey effekti shunchalik ravshan namoyon bo`ladi.
Reley tenglamasi zarrachalarning radiusi yorug`lik to`lqin uzunligining 0,1 qismidan,
ya`ni zarrachalarning o`lchami 40-70 nm dan katta bo`lmagan, kolloid eritmalar uchungina
qo`llanila oladi. Tenglamadan ko`rinib turibdiki, yoyilgan nurning to`lqin uzunligi tushyotgan
nur to`lqin uzunligining to`rtinchi darajasiga nomutanosib bo`lganligi sababli yoyilish natijasida
polixromatik nur ancha qisqa to`lqin uzunligiga ega bo`lgan bo`laklarga ajraladi. Shu sababli
kolloid eritmani yon tomondan polixromatik (ya`ni oq) nur bilan yoritilganda kolloid eritma
zangoriroq tusga ega bo`ladi.
2. Tindal-Faradey effekti animatsiyasini ko`rsatish
3. Ultramikroskop va electron mikroskop ishlash prinsiplari, rentgenografiya, elektronografiya
metodlari.
Kolloid eritma zarrachalarining o`lchami 100 nm dan kichik bo`ladi; ammo ko`zga
ko`rinadigan yorug`lik to`lqinining uzunligi 380-760 nm orasida bo`ladi. Shu sababdan oddiy
mikroskop vositasida kolloid eritma zarrachalarini ko`rib bo`lmaydi. 1903 yilda Zigmondi
Tindal-Faradey effektidan foydalanib, ultramikroskop yasadi (9-rasm). Oddiy mikroskop bilan
ultramikroskop orasidagi asosiy farq shundaki, oddiy mikroskopda ko`riladigan jism yorug`lik
manbai bilan mikroskop oralig`iga qo`yiladi, ultramikroskopda esa yon tomonidan yoritiladi,
demak kuzatuvchiga kolloid zarrachalar tomonidan tarqatilgan yorug`lik ko`rinadi.
Ultramikroskopda manbadan tushayotgan nur bilan ko`rinadigan nur bir-biriga perpendikulyar
bo`ladi va manbadan chiqqan nur mikroskopga tushmaydi, shuning uchun bu mikroskopda
qorong`ulik ko`rinadi. manbadan chiqqan nur kolloid zarrachaga tushirilganda, zarracha bu
nurnu tarqatadi va natijada zarracha yorug`lik manbai sifatida xizmat qiladi.
Ultramikroskopda zarrachaning o`zi emas, shu zarracha tomonidan tarqatilgan nur
ko`rinadi. Bunday mikroskop yordamida faqat ma`lum hajmga ega bo`lgan kolloid
zarrachalarning soni hisoblanadi, lekin har qaysi zarrachaning shakli va katta-kichikligini
bevosita aniqlab bo`lmaydi. Ammo, ba`zi usullardan foydalanib, bu usulda olingan natijalar
asosida zarrachalarning o`lchamini taxminan hisoblab topsa bo`ladi. Kolloid sistemalar
polidispers bo`lganligi uchun hamma vaqt zarrachalarning o`rtacha radiusi topiladi.
Ultramikroskop yordamida hajm birligidagi zarrachalar soni n ni hisoblab topish mumkin.
Dispers faza moddasining zichligi d, zarrachalar soni n va kolloid eritmaning massa
konsentratsiyasi C ma`lum bo`lsa, zarracha hajmini v hisoblab topish qiyin emas:
nd C
Agar zarrachani sfera shakliga ega deb faraz qilsak, uning hajmi
3
3
4
r
ga teng bo`ladi
(bunda r – zarrachalarning o`rtacha radiusi); binobarin