Axborotlashtirishning jahon tajribalari Hozirgi kunda dunyoning barcha mamlakatlari axborotlashtirish jarayonlarini u yoki bu darajada amalga oshirib kelishmoqda. Axborotlashtirish strategiyasini noto`g`ri tanlash mamlakat hayotining barcha jabhalarida dramatik salbiy o`zgarishlarga olib kelishi mumkin. Axborotlashtirish birinchi bo`lib AQSH boshlab bergan. Boshqa sanoati rivojlangan davlatlar bu yo`nalishning istiqbolli ekanligini va usiz taraqqiyot bo`lmasligini tezda anglagan holda komp`yuter va telekommunikatsiya vositalarini joriy etish sur`atlarini tezlashtirib yuborishdi.
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari sohasi tovarlariga AQSH ichki bozorida bo`lgan talabning doimiy ravishda pasayib borish tendentsiyalari uning milliy iqtisodida ko`pgina muammolarni keltirib chiqarmoqda. Vujudga kelgan vaziyatdan chiqib ketish maqsadida amerika jamiyatining barcha faoliyat sohalarini axborotlashtirishni jadallashtirish chora-tadbirlari ko`rilmoqda, jumaladan:
yangi ilmiy-tadqiqot ishlariga investitsiyalarni jalb etish miqdorini ko`paytirish; ta`lim sifatini yuksaltirish; mahsulotlarni yaratish bosqichida halqaro hamkorlikni kengaytirish; ishchi kuchi sifatini yuksaltirish va bir qator chora-tadbirlar.
Ushbu tajribalarni mamlakatimiz axborotlashtirish davlat siyosatini ishlab chiqishda e`tiborga olish kerakdir, chunki axborot texnologiyalarini ishlab chiqib va joriy etib iqtisodiyot va yuqori texnologiyalarni rivojlantirishga barcha imkoniyatlarga erishish mumkin.
Zamonaviy axborot mahsulot, xizmat va texnologiyalarini ishlab chiqarish bo`yicha jahonda birinchi o`rinda turgan YAponiyaning axborotlashtirish dasturining asosiy g`oyalari va kontseptsiyasi bilan yaqindan tanishish maqsadga muvofiqdir.
YAponiyani axborotlashtirish loyihasining asosiy g`oyalari quyidagilar-dir. Hozirgi kunda YAponiya axborotlashtirishning ikkinchi bosqichida turibdi. YAponiya loyihasining asosiy maqsadi – oldin yakka holda taqdim qilin-gan xizmatlar turlarini bir yagona tizimga keltirishdir. Buning uchun telefon orqali yuborilayotgan axborotdan tortib to komp`yuter mahsulotlarigacha barchasini bitta yagona kabel` orqali uzatishni yo`lga qo`yishdir. Istiqbolda kabel` tarmog`ining har bir abonenti bir vaqtning o`zida bir nechta xizmatlarni olishi mumkin bo`ladi. Loyihada katta e`tibor unchalik tajribaga ega bo`lmagan foydalanuvchilar uchun intellektual interfeysli terminalga qaratilgan bo`lib, unda axborotlar ovoz orqali kiritiladi. Axborotlashtirish loyihasining to`liq amalga oshirilishi uchun 20-yil vakt va 100 mlrd. doll. mablag` ketadi. Beshinchi avlod komp`yuterlarini yaratish bo`yicha ishlar omadsizlik bilan yakunlanishiga qaramasdan, 10-yilga mo`ljallangan yangi turdagi komp`yuterlarni yaratish dasturiga 480 mln. doll. miqdorida moliyaviy mablag` ajratilgan, ya`ni:
axborotlarni paralel qayta ishlashda yuqori darajali komp`yuterlarni yaratish, unda bir vaqtning o`zida o`nta-yuzta protsessorlar murakkab operatsiyalarni bajaradi; neyron tarmoqlarda faoliyat ko`rsatadigan komp`yuterlarni yaratish, ular inson miyasiga o`xshab faoliyat ko`rsatishi mumkin; yorug`lik orqali axborotlarni uzatadigan komp`yuterlar.
Har bir mamlakat qanday taraqqiyot etib borishidan qat`iy nazar jamiyatni axborotlashtirish g`oyalarini hayotga joriy qilish kerakligini yaxshi tushunadi. Ko`pgina mamlakatlar o`zining ichki xususiyatlari va shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda axborotlashtirishning milliy dasturlariga egadirlar. Lekin, shunday dasturlarni ishlab chiqish va hayotga joriy qilishda rivojlangan mamlakatlar erishgan yutuqlari va yo`l qo`ygan xatoliklarini hisobga olishi kerakdir.
Axborotlashtirish dasturlarini muvoffaqiyatli joriy etishda barcha jahon hamjamiyatiga tegishli quyidagi jihatlarni e`tirboga olish lozim:
avvalom bor mamlakatning iqtisodiy o`sishini ta`minlab berish harakatlaridan qaytish kerak; milliy iqtisod tarmoqlarini og`ir sanoatga asoslashtirishdan kata ilm talab qiladigan tarmoqlarga o`tkazish; axborot sektoriga prioritetlikni berish; jahon ilm va fanining erishayotgan yutuqlaridan keng barhamand bo`lish; davlat yoki xususiy bo`lgan katta hajmdagi moliyaviy resurslarni axborotlashtirishga jalb etish.
Rivojlangan mamlakatlarda oxirgi yigirma yilda axborot faoliyatning ko`p qismi bozor infratuzilmasining asosiy elementlaridan bo`lib bozor munosabatlari tarkibiga singib ketgan. Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari bozorining bozor infratuzilmasi sifatida shakllanishi XX-asrning 50-yillari ikkinchi yarmidan boshlandi. Hozirgi kunda bozorning ushbu tarmog`i har bir mamlakat milliy iqtisodining asosiy negizi bo`lib hisoblanmoqda, chunki global iqtisodiyotni tarkib toptirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari infratuzilmasi talab etilmoqda.