Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти


Kompyuter dasturlar ta’minotining toʻplami quyidagi guruhlarga ajraladi



Yüklə 44,57 Kb.
səhifə6/11
tarix14.04.2023
ölçüsü44,57 Kb.
#97901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Raqamlashtirish mohiyati kelib chiqish sabablari

Kompyuter dasturlar ta’minotining toʻplami quyidagi guruhlarga ajraladi:

  • tizimviy dasturlar – xilma-xil qoʻshimcha ishlarni bajarishga imkon beradi, masalan, kompyuterning ishlash jarayoni davomida nosoz qurilmalarni diagnostika va nazorat qilish vositalari, ma’lumotlarning nusxalarini olib qoʻyish, kompyuter haqida ma’lumotnomalar berish, kompyuterni boshlangʻich ishga tayyorlash va xakozolar;

  • amaliy dasturlar – foydalanuvchilarga zarur boʻlgan ishlarni bajarishga imkon beruvchi dasturlar, matn taxrirchilari, jadval protsessorlari, rasmlar chizishga imkon beruvchi dasturlar, informatsion massivlar va bilimlar bazalari bilan ishlashga imkon yaratuvchi dasturlar va xokazolar.

  • dasturlashtirish tizimlari yoki instrumental tizimlar – ular kompyuter uchun yangi amaliy dasturlar yoki foydali ilovalar yozish uchun xizmat qiladilar.

Tizimviy dasturlarga operatsion tizim, drayverlar, qobiq dasturlar va operatsion qobiqlarni kiritish mumkin.


Dasturlashtirish tizimlari taqida tushuncha.
Dasturlashtirish tizimlari nima va ular qanday ishlarni amalga oshirishga yordam beradi hamda ular qanday asosiy tarkibiy qismlardan iborat? Yuqorida olgan bilimlaringizdan ijodiy ravishda foydalangan xolda ushbu savolga javob topishga xarakat qiling va bunda guruhdagi talabalar bilan fikr almashing.
Dasturlashtirish tizimsining asosiy predmeti - matematik tizim ta’minotining nazariy va amaliy usullarini ishlab chiqish va dasturni ekspluatatsiya qilishdir.
“Dasturlash tizimsi” deganda, dasturlashni avtomatlashtirish va dasturlashni EHMga oʻtkazishni ta’minlovchi kompleks vositalari tushuniladi.
Dasturlash tizimlariga standart qoʻshimcha dasturlar kutubxonasi, dasturlash tillari va translyatorlar hamda dasturni otladka qiluvchi vositalar kiradi.
Bir qancha dasturlarda yoki bir dasturni bir qancha joylarida aniq amallarni bajarishi uchun foydalaniladigan mashinalar tilidagi buyruqlar ketma-ketligi “qism dastur” deb ataladi.
Har xil dasturlarda qabul qilinadigan qism dasturlar yagona konuniyatlar asosida shakllantiriladi va “standart qism dasturlar” deb ataladi.
Kompyuterning xotirlash qurilmalarida saqlanadigan standart qism prgrammalar toʻplami standart qism dasturlar kutubxonasini tashkil etadi. Bu tipdagi kutubxonalar tarkibiga bir necha yuzlab qism dasturlar kiradi.
Barcha dasturlar, ular tayyorlashning qanday bosqichidaligiga qarab tegishli kutubxonada saqlanishi mumkindir. Dasturli modulning har bir tipi oʻz kutubxonasiga ega: dastlabki modullar kutubxonasi va yuklovchi modullar kutubxonasida dasturli fazoli koʻrinishda operatsion tizim oʻzining komponentlari va shuningdek foydalanuvchilarning bajarishiga tayyor ish dasturlari saqlanadi. Bu kutubxona albatta boʻlishi shart. Chunki har qanday dastur navbatdagi bajarilish uchun operativ hotiraga faqat yuklovchi modul kutubxonasidan keladi; qolgan 2 ta kutubxona boʻlmasligi ham mumkin.
Yuqorida kompyuterda foydalaniladigan asosiy dasturlar majmuasi bilan tanishib chiqdingiz. Lekin oʻz-oʻzidan ma’lumki ushbu dasturlar xali kompyuter bilan ishlash uchun unchalik etarli emas. U xolda foydalanuvchining ishini engillashtirish maqsadida yana qanday turdagi dasturlar ishlatilishi kerak boʻladi? Bu muammoni xal qilish uchun tashqi qurilmalarga xizmat qiluvchi, disklar bilan ishlovchi, ma’lumotlarni ximoyalash uchun moʻljallanilgan va boshqa bir qancha turdagi dasturlar ham boʻlishi mumkinligi xaqida fikrlab koʻring.
Kompyuterning ishlashini ta’minlash uchun turli qoʻshimcha dasturlar zarur boʻladi.
Masalan, kattik disk (vinchester) bilan turli ishlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar zarur. Vinchesterni boʻlaklarga boʻlish, uning ma’lum boʻlaklarini parol bilan ximoyalash uchun Disk Manager deb ataluvchi dastur ishlatiladi.
Diskning xolatini tekshirish uchun esa NDD (Norton disk doctor) dastursi ishlatiladi. Bu dastur yordamida disk segmentlari tekshirilib, undagi xatoliklar topiladi va bartaraf etiladi.
Diskdagi ma’lumotlarni optimizatsiya qilish, ya’ni bir tartib bilan joylashtirib chiqishga xizmat qiluvchi SD (Speed Disk) dastursi mavjuddir. Uning yordamida diskdagi ma’lumotlar tartibga keltiriladi, bu esa diskdagi ma’lumotlarga murojaat qilishni engillashtirib, kompyuter ishini tezlatadi.
Yuqorida sanab oʻtilgan dasturlarni ishlatish qulay boʻlib, dialog darchasida hosil boʻladigan menyu punktlaridan mosini tanlash va ishlatishdan iboratdir.
Utilitlar guruhlarga birlashtirilib, ularning eng koʻp ishlatiladiganlari Norton Utilities, PC Tools Deluxe, Mace Utilities lar boʻlib hisoblanadi. Utilitlarni quyidagi tartibda guruhlarga boʻlib chiqish mumkin:

  • Upakovka qiladigan dasturlar maxsus usullarni qoʻllagan xolda ma’lumotlarni siqilgan xolda joylashtirib, ularning arxiv nusxalarini xosil qilishga yordam beradilar. Masalan, PKZIP, PKUNZIP va ARJ dasturlari bularga misol boʻla oladi.

  • Disklardagi ma’lumotlarning rezerv nusxalarini xosil qiladigan dasturlar qattiq diskka yozilgan ma’lumotlarni tezlik bilan disketlarga yoki strimmerlarga nusxalash uchun yordam beradilar. Masalan, Norton Backup, Fast Back Plus.

  • Antivirus dasturlari, ular xilma-xil turdagi viruslarga qarshi samarali kurashish uchun xizmat qiladilaryu

  • Kommunikatsion dasturlar kompyuterlararo ma’lumotlarni almashinish uchun ishlatiladilar. Masalan, Brooklin Bridge, DeskLink, LapLink, Fast Link. Telemate, Procomm, Dataline dasturlari kompyuterlarning telefon qanallari orqali muloqot qilinishiga yordam bersa, WinFax Pro, Bit Fax, Fax It dasturlari telefon ma’lumotlarini faks modem orqali uzatish imkoniyatini yaratadilar.

  • Kompyuterni diagnostika qilish dasturlari uning konfiguratsiyasini va ishga layoqatliligini tekshirishga imkon beradi. Masalan, Cheeck It, ND lags, Control Room, System Sleuth dasturlarini shu dasturlar turkumiga kiritish mumkin. Disklarni tekshirish uchun Disk Technician Advance, Calibrate dasturlari qoʻllanilishi mumkin.

  • Disk uchun moʻljallanilgan dastur-kesh diskdan ma’lumot oʻqishni ancha tezlashtirishga imkon beradi, chunki ushbu xolda operativ hotirada diskning tez-tez ishlatilib turadigavn boʻlaklarini oʻz ichiga olgan kesh-bufer xosil qilinadi. Masalan, Smart Drive, NKache, Super PC Kwik.

  • Disklarni optimizatsiya qilish dasturlari disklarda saqlanadigan ma’lumotlar xajmini ancha oshirishga va ma’lumotlarni tezroq topishga yordam beradi. Masalan, Speed Disk yoki Fast Trax dasturlari.

  • Disklarni dinamik siqishtirishga imkon beruvchi dasturlar disklarda saqlanilishi mumkin boʻlgan informatsiya xajmini ancha oshirishga yordam beradi. Masalan, Stacker, Double Space, Super Stir dasturlari.

  • Avtonom ravishda chop qilish dasturlari (skulerlar) fayllarni chop qilishni boshqa ishlar bilan bir vaqtda amalga oshirishga imkon beradi. Masalan, Print Cashe dastursi.

  • Xotirani boshqarish uchun moʻljallanilgan operativ xotirani yaxshiroq boshqarish uchun ishlatiladi. Masalan, Software Carousel va Switch It dasturlari xotiraga bir qancha dasturlarni yuklashga va biridan ikkinchisiga osonlik bilan oʻtishga yordam beradi.

Xususiy kompyuter operatsion tizimlari, ularning turlari va xususiyatlari.
Siz kompyuterni yoqqaningizda va uni ishga tushirish jarayonida barcha ishlar avtomatik tarzda, oʻz-oʻzidan bajariladi. Bu ishning qanday bajarilishi xaqida, qaysi dasturlar majmuasi ushbu ishni bajarishi mumkinligi toʻgʻrisida fikrlab oling. Ushbu muammoni xal qilishda oldingi boʻlimda olgan bilimlaringiz ancha asqotadi, chunki u erda bu xaqda bir qancha foydali ma’lumotlar berilgan edi. Faqat oxirgi oʻn yillikda EHM yordamida 1 birlik operatsiyani bajarish qiymati 400 baravar, bir bayt ma’lumotni saqlash qiymati esa 25 baravar arzonlashdi. Bularning barchasi bir tomondan texnikaviy taraqqiyot natijasida amalga oshgan boʻlsa, ikkinchi tomondan operatsion tizimlarning rivojlanishi orqali amalga oshdi.
Chunki xozirgi zamon kompyuterlari yuqori tezlikda ishlashi bilan birga turli xildagi murakkab qurilmalar majmuini tashkil qiladi. Bunday sharoitda kompyuterning samarali ishi faqat tegishli operatsion tizim yordamida amalga oshishi mumkin.
Hozirgi paytda keng tarqalgan operatsion tizimlar SP/M, MS-DOS, UNIX va Apple Macintosh, Novell, Windows-95, 98 va Windows-2000, 2002 kabilardir. Masalan UNIX operatsion tizimsini yuqori kontseptual birlik ajratib turadi. Bu unda ishlashni sodda va qulay qilishi bilan birga uning asosida yotgan gʻoyalar uni qabul qilishni engillashtiradi. UNIX tizimsida ishlayotgan foydalanuvchi faqat uning imkoniyatlaridan foydalanmasdan, bu imkoniyatlar qanday amalga oshayotganini ham yaxshi tasavvur qila oladi.
UNIX tizimsida barcha ishlar oʻzaro raqobatlashuvchi jarayonlar toʻplami koʻrinishida ifodalanadi. Jarayon esa resurslar iste’molchisi boʻlib, ish va boshqaruv birligi hisoblanadi. UNIX tizimsi xajmi boʻyicha kichiq boʻlib, ancha sodda. Tizim vositalari yaqqol ifodalangan boʻlib, qulay mnemonikaga ega.
CP/M operatsion tizimsi eng ommaviy diskli operatsion tizimlardan biri boʻlib, 8-razryadli mikroprotsessorlar INTEL 8080 yoki ZILOG Z80 lar asosida yaratilgan kompyuterlarni boshqarishga moʻljallangan. CP/M operatsion tizimsining asosiy xususiyatlaridan biri-bir vaqtning oʻzida bir necha foydalanuvchiga xizmat koʻrsatishi, ya’ni multidastur tartibida ishlashi mumkin.
Apple Macintosh (Errl Makintosh) deb nomlangan operatsion tizim ham mavjud boʻlib, u shu nomli firma tomonidan ishlab chiqilgan kompyuterlarga oʻrnatish uchun moʻljallanilgan. Uning grafik imkoniyatlari juda qulay va rivojlangan boʻlib, foydalanuvchi uchun katta imkoniyalar yaratadi. Lekin uning noqulay tomonlaridan biri boshqa operatsion tizimlar va IBM turidagi kompyuterlar bilan mos tushmasligidir.
Lekin ushbu operatsion tizimlar orasida eng koʻp tarqalgani va keng iste’molchilar tomonidan keng miqyosda qoʻllaniladigan shak-shubxasiz maykrosoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Windows turidagi operatsion tizimdir, chunki mamlakatimizdagi asosiy mashina parki xuddi shu operatsion tizim yordamida faoliyat koʻrsatadi. Uning asosiy xarakteristikalari va koʻrsatgichlarini keyinroq koʻrib chiqamiz.

Yüklə 44,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin