ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ
Бухгалтерия хисоби ва аудит йўналишининг SBHA 77/22 гуруҳ талабаси
Аралов Бабур Курваналиевич
JORIY NAZORAT
Бажарди: Б.К.Аралов
Қабул қилди:____________________
Тошкент-2022/2023
Raqamlashtirish mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari, darajalari va afzalliklari?
Kambagʻallikni kamaytirishga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi, hali-hanuz eng ogʻriqli nuqtalardan biri boʻlgan korrupsiyaga qarshi kurashuvchi maxsus idora tashkil etilishi ham bu borada alohida ahamiyatga ega. Chunki aynan korrupsiya Oʻzbekiston iqtisodiyotini taraqqiy toptirish, mamlakatga yirik miqdordagi chet el sarmoyalarini jalb qilish va ularni harakatga solish yoʻlidagi eng asosiy toʻsiqlardan biri sifatida koʻriladi. U tufayli chorak asrdan ortiqroq vaqt davomida yurtimizdagi biznes yuritish muhiti izdan chiqib ketgandi. Shu bois oʻtgan qisqa davrda mavjud vaziyatni oʻzgartirish harakatlari tom maʼnoda kuchaytirildi. Koʻpchilikka yaxshi maʼlum, tilga olinayotgan illatlarga qarshi kurashda, unga barham berishda raqamlashtirish zaruriyati yana-da oshadi. Bu, oʻz navbatida, juda koʻp resurslarni talab qiladi. Shunday ekan, hozirdan raqamli iqtisodiyotga oʻtish muhim vazifaga aylandi.
Raqamli iqtisodiyot Raqamli iqtisodiyot yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish hamda ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga koʻchirishdir. Raqamli iqtisodiyot — iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarning raqamli texnologiyalarini qoʻllash asosida amalga oshirish mumkin boʻlgan tizimdir. Dastlab bu iborani amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte 1995-yilda kiritgan boʻlsada, u bugungi kunda barcha sohada keng qoʻllanilmoqda. Raqamli iqtisodiyot insonlarsiz boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish orqali korrupsiyani kamaytiradi, soliq tushumlarini “aqlli” shartnomalar tuzish orqali koʻpaytiradi, byudjet xarajatlarining ochiqligini oshiradi, yagona elektron platforma orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar — deyarli barcha qoʻllamoqda. 2016-yilda Jahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta “Raqamli dividendlar” nomli maʼruza eʼlon qildi.
Raqamli iqtisodiyotning yangi konsepsiyasi inson faoliyati doirasidagi barcha informatsiyani raqamlashtirish texnologiyalarini qoʻllab saqlash, ishlov berish va uzatishning yagona tizimidir. Iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali ijodiy yondashib yangi iqtisodiyotni barpo etish imkoniyati tugʻiladi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish kelajakda real raqobatbardoshlikni uzoq muddatga saqlab qolish imkoniyatidir. Ayniqsa, quruqlik bilan oʻralgan va jahon portlariga chiqish yoʻli uzoq boʻlgan Oʻzbekistondek davlat uchun bu muhim masala.
Raqamli iqtisodiyot elektoral madaniyatning yuksalishi hamdir. U taraqqiy etsa, biz ana shu aqliy qoloqlikdan qutulamiz. Aqliy qoloqlikdan qutulish orqali vaqtdan, ogʻir yoki ortiqcha mehnatdan xalos boʻlamiz, sifat koʻrsatkichiga ega chiqamiz, ilgʻor davlatlar va xalqlarga yaqinlashamiz, jumladan, kambagʻallik ham kamayadi. Aqlni oʻstirishning eng asosiy yoʻli esa taʼlim tizimini yuksaltirishdir. Xullas, bunday islohotlar kimga yoqmaydi, deysiz? ! Barchaga manzur narsaga ega boʻlish uchun hamma intilishi kerak.
Shunday ekan, davlat rahbari tomonidan joriy yilga “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berilishi ham bejiz emas. Raqamli iqtisodiyotga oʻtish kelgusi besh yildagi eng ustuvor maqsadimiz boʻlishi haqidagi taʼkid esa bevosita ilm-maʼrifatni rivojlantirish bilan chambarchas bogʻliq. Binobarin, bugungi tezkor zamonda jahon boʻylab globallashuv jarayonlari tobora chuqurlashib borayotgan sharoitda raqamli iqtisodiyot ilgʻor davlatlar iqtisodiyotining barcha tarmogʻida keng joriy etilmoqda. Hattoki, ayrim mamlakatlar ushbu sohaning eng yuqori choʻqqisi hisoblangan sunʼiy intellektdan faol foydalanishga oʻtganiga guvoh boʻlyapmiz.
Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar natijalariga koʻra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oʻstirish, shuning barobarida, xufiyona iqtisodiyotga barham berish hamda korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini berar ekan. Koʻrinib turibdiki, mazkur soha yurtimizda barcha soha va tarmoqning yuksak rivojiga jiddiy turtki boʻladi.
Shu oʻrinda alohida taʼkidlash joiz, raqamli iqtisodiyot korrupsiya va “yashirin iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda maʼlumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron maʼlumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida toʻliq axborot bermaslikning iloji yoʻq, kompyuter hammasini namoyon qilib qoʻyadi.
Maʼlumotlar koʻpligi va tizimliligi yolgʻon hamda qingʻir ishlarga yoʻl bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada, iborali aytganda, pullarni “yuvish”, mablagʻlarni oʻgʻirlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib yo yashirib koʻrsatish imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga legal mablagʻlar oqimini oshiradi, soliqlar oʻz vaqtida hamda toʻgʻri toʻlanadi, byudjet taqsimoti ochiq boʻladi, ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilgan mablagʻlar oʻgʻirlanmaydi, maktablar, shifoxonalar, yoʻllarga ajratilgan pullar toʻliq yetib boradi va hokazo.
Davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻlini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasida yangi yoʻnalishlar ochib beradi.
Raqamli texnologiyalar tomon burilishga esa butun jahon internet tarmogʻi hamda sifatli aloqaning rivojlanishi sababchi boʻlgani ayni haqiqat.