Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha va axborot texnologiyalari bilan ta’minlash zaruriyati. Axborotlashgan jamiyat o’ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va kamchliklari?
Axborotlashgan jamiyat – bu ishlayotganlarning ko`pchiligi axborotlarni va uning oliy shakli bo`lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish bilan band bo`lgan jamiyatdir.
XX asrning oxirlariga kelib, rivojlangan davlatlarda fan va texnikaning rivojlanib borishi bilan axborotlashgan jamiyatning shakllanib borishi bo`yicha nazariyotchilarning aytgan fikrlari amalda namoyon bo`lmoqda. Barcha dunyo borlig`ining bir yagona komp`yuterlashtirilgan va axborotlashtirilgan elektron xonadon va kottejlardagi insonlar hamjamiyatiga aylanib borishi bashorat qilinmoqda. Hohlagan yashash joyi turli xildagi elektron asboblar va komp`yuterlashtirilgan vositalar bilan jihozlangandir.
Olimlar axborotlashgan jamiyatning o`ziga xos quyidagi xususiyatlarini keltirishadi:
axborot inqirozligi muammosi hal bo`ladi, ya`ni axborot tanqisligi bilan axborotning ko`pligi o`rtasidagi qarama-qarshilikka bartaraf beriladi; boshqa resurlarga nisbatan axborotning prioritetligi ta`minlanadi; rivojlanishning asosiy shakli bo`lib axborotlashgan iqtisod hisoblanadi; jamiyatning negiziga zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari asosida bilimlarni avtomatlashtirilgan usulda yig`ish, qayta ishlash va foydalanish qo`yiladi;
inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan holda, axborot kommunikatsiyalar texnologiyalari global tus oladi; barcha inson taraqqiyotining axborot yagonaligi shakllanadi;
taraqqiyotning barcha axborot resurslariga informatika vositalari asosida har bir insonning erkin kirishi amalga oshadi.
SHu bilan birgalikda quyidagi havfli tendentsiyalar ham mavjud:
ommaviy axborot vositalarining jamiyatga ta`sirining kundan-kunga ortib borishi; axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari tashkilot va insonlarning shaxsiy hayotini buzub yuborishi mumkin; aniq va sifatli axborotlarni tanlab olish muammolari mavjud; ko`pchilik insonlarga axborotlashgan jamiyatga ko`nikish qiyin kechadi. Axborotlashgan jamiyatga o`tishga eng yaqin turgan mamlakatlardan bo`lib axborot industriyasi taraqqiy etgan AQSH, YAponiya, Angliya, Germaniya va G`arbiy Evropa davlatlarini keltirish mumkin.