Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти


Jamiyatning rivojlanishida axborotlashtirishning roli



Yüklə 44,57 Kb.
səhifə9/11
tarix14.04.2023
ölçüsü44,57 Kb.
#97901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Raqamlashtirish mohiyati kelib chiqish sabablari

Jamiyatning rivojlanishida axborotlashtirishning roli


Insonlar, jamoalar va tashkilotlarning faoliyati hozirgi kunda borgan sari mavjud axborotlardan samarali foydalanishi bilan bog`liq bo`lmoqda. Bunga erishish uchun avvalom bor axborotlarni yig`ish, qayta ishlash va taqdim etish borasida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishga to`g`ri keladi. Turli sohalarda optimal qarorlar qabul qilish uchun katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash talab qilinadi, bu esa maxsus texnik vositalarni jalb qilmasdan hal qilib bo`lmaydi.
Axborot hajmining ortib ketishi XX-asrning o`rtalariga to`g`ri keladi. Insonga axborotlar oqimi oqib kela boshlab, unga axborotlardan to`liq holda foydalanish imkoniyalarini chegaralab qo`ydi. Har kuni kelayotgan axborotlar oqimida orientir olish qiyinlashib bordi. Vujudga kelayotgan katta hajmdagi axborotlarni quyidagicha izohlash mumkin:

  • ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalarini aks etgan xujjat,

xisobot, dissertatsiya, doklad va boshqalarning sonini keskin ortib borishi;

  • inson faoliyatining turli sohalari bo`yicha davriy nashrlar sonining doimiy

ravishda ortib borishi; kommunikatsiyalar tizimiga o`tkazib bo`lma ydigan magnit lentalarida ham axborotlarning ko`payganligi.
YUqoridagi keltirilgan omillar asosida axborot portlashi vujudga kelib, u quyidagilarda namoyon bo`lmoqda:

  • axborotlarni qabul qilish va qayta ishlash bo`yicha insonning chegaralangan imkoniyatlari bilan saqlanayotgan katta hajmdagi axborotlar o`rtasida qaramaqarshilik vujudga keladi. Oldinlari bilimlar xajmi asta-sekinlik bilan o`zgargan bo`lsa, 1900 yilga kelib har 50-yilda, 1950 yilda esa har 10-yilda, 1970-yilga kelib har 5-yilda va 1990 yildan boshlab har yili ikki barobarga ortib bormoqda; axborotlarni iste`mol qiluvchilar uchun mavjud axborotlar tarkibida ortiqcha

bo`lgan axborotlar miqdori ham kattadir; axborotlarni tarqatish borasida ma`lum bir iqtisodiy, siyosiy va boshqa ijtimoiy to`sqinliklar ham mavjud. Masalan, axborotning maxfiyligi tufayli turli tashkilot xodimlari axborotlardan foydalana olishmaydi.
Jahonda judayam katta miqdordagi axborotlarning yig`ilganiga qaramasdan, ulardan insonlar imkoniyatlarining chegaralanganligi uchun to`liq foydalana olishmayapti. SHuning uchun ham axborot tanqisligi jamiyat oldida yuqoridagi muammolarni hal etishni talab etmoqda. Elektron hisoblash mashinalarining keng joriy etilishi, turli sohalarda axborotlarni qayta ishlash va uzatishning zamonaviy vositalarini qo`llash axborotlashtirish deb nomlangan yangi evolyutsion jarayonni boshlanishiga xizmat qildi.

Yüklə 44,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin