“Personal” (“inson resurslari”) tushunchasining mazmuni. “Personal”
termini korxona mehnat jamoasining tarkibiy qismlarini birlashtiradi. Personalga
ishlab chiqarish yoki boshqaruv operatsiyalarni bajaruvchi va mehnat predmetlari,
mehnat vositalaridan foydalangan holda qayta ishlash bilan band bo‘lgan barcha
xizmatchilar kiritiladi. Bunda “kadrlar”, “xizmatchilar”, “personal” tushunchalari
bir xil ma’noni anglatadi. Boshqaruv nazariyalarida personalni tasniflashda
xizmatchining kasbi va mansabi, boshqaruv darajasi, xizmatchi kategoriyalaridan
kelib chiqqan holda turli yondashuvlar mavjud. Ishlab chiqarish jarayonida
ishtirokiga qarab personal ikki asosiy qismga ajratiladi: ishchilar va xizmatchilar.
Chet el tajribasida personal muammolarini hal qilishga doir ikkita asosiy
yondashuv mavjud. Birinchi yondashuv diqqat e’tiborni shunga qaratadiki, “Inson
resurlarini boshqarish” mazkur muammoni hal qilishning strategik jihatlarini,
shuningdek sotsial rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi va ularga ustuvorlik
beriladi. “Xodimlarni boshqarish” tushunchasi esa ko‘proq kadrlar bilan tezkor
ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondoshuv davlat miqyosida bandlik va uni
muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondoshuv bevosita korxona
darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi.
Iboralarning turlicha ma’no kasb etishi faoliyat xususiyati va yo‘nalishi
bilan bog‘liq. Chunonchi, “xodim” iborasi ko‘p hollarda kichik (100 kishidan kam
band bo‘lgan) korxonalarga, “inson resurslari” iborasi esa 2,5 ming kishidan ortiq
band bo‘lgan yirik korxonalarga nisbatan qo‘llaniladi.
Personalni boshqarish - korxona, firma darajasida ishchi kuchi potensialining
normal rivojlanishi, amal qilishi va undan samarali foydalanish yuzasidan o'zaro
bog'langan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar tizimidir
5
. Personalni
boshqarish uzluksiz jarayon sifatida namoyon bo'ladi, u xodimlaming mehnat qilish
sabablarini, undan yuqori darajada foyda olishini, demak, korxonalar faoliyatida
pirovard yuksak natijalar qo'lga kiritilganligini bildiradi. Funksional jihatdan
personalni boshqarish deyilganda kadrlar sohasidagi ishlar bilan bog'liq bo'lgan
barcha vazifalar va qarorlar masalan, kadrlar tanlash, ulardan foydalanish,
ularning malakasini oshirish, mehnatiga haq to'lash, ishdan bo'shatish va
hokazolar tushuniladi.Tashkiliy jihatdan bu tushuncha orqali kadrlar bilan
ishlashga javobgar bo'lgan barcha shaxslar va institutlar masalan, rahbar
shaxslar, kadrlar bo'limi, ishlab chiqarish kengashlari, kasaba uyushmalari
qamrab olinadi.
Bizning nazarimizda, inson resurslarini boshqarish shundan iboratki, insonlar
korxonaning raqobat boyligi hisoblanadi, ularni joylashtirish, rivojlantirish, boshqa
resurslar bilan birga asoslash kerak, bundan maqsad korxonaning strategik
maqsadlariga erishishdir.
“Korxona personali” tushunchasi ancha umumiy tarzda mazkur korxona va
tashkilotning barcha yollangan xodimlarini qamrab oladi, ular mutlaqo aniq
vazifalarni bajaradilar.
3-chizma. Personalning tasniflanishi
6
5
SH.N.Zaynutdinov. R.I.Nurimbetov.”Personalni boshqarish” O’quv qo’llanma 2007, 320 bet
6
Qosimova D.S., Nazarova G.G.,Salixova N.M., Ismoilova N.S., “Inson resurslsrini boshqarish”.Darslik-
T.:Iqtisodiyot,2011,-213bet
Personal
Ishlab chiqarish
personali
(ishchilar)
Boshqaruv
personali
(Xizmatchilar)
Asosiy
personal
Yordamchi
personal
Mutaxassislar
Rahbar
Amaliy nuqtayi nazardan personal korxonaning eng muhim resursi bo'lib, uning
imkoniyatlarini samarali amalga oshirish yollanma xodimlarining muayyan guruhi
yoki ayrim xodim tomonidan hal etiladigan aniq ishlab chiqarish vazifalarining
o'ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda ijtimoiy yechimlarni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |