Me'yoriy hujjatlar tekshiruvini ularni amaldagi va kuchga kirayotgan qonunchilik normalariga, xalqaro, mintaqaviy standartlarga, standartlashtirish qoidalariga, normalariga va tavsiyalariga, ilg‘or tajribalarning tarqalishiga, mahsulot, ish va xizmatlar sifatining ilm-fan, texnika-texnologiya taraqqiyoti, aholi, iqtisodiyot va davlat mudofaasiga muvofiq holda oshishiga hamda standartlashtirish maqsadlariga to‘laroq erishish, shuningdek, qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirish (shu qatori, muddatini uzaytirish yoki cheklash) yoki bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangilashning qanchalik zarurligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Tekshiruv o‘tkazilayotganda quyidagilar tahlil qilinadi:
Ko‘rsatkichlar nomenklaturasini va ularning mazmuni;
Normalar, qoidalar, xarakteristika va metodlar;
Atamalar va ta'riflar, belgilashlar, o‘lchamlar birliklari;
Majburiy talablarni kiritish va boshqalar.
Quyidagilarga muvofiq tekshiriladi:
Amaldagi qonunchilik;
Ilm-fan, texnika va ilg‘or tajriba yutuqlariga;
Asosiy buyurtmachi talablariga;
Eksport talablariga;
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy va milliy standartlariga;
Turdosh mahsulotlar guruhi va bog‘liq MH ning standartlari talablariga;
Milliy sinov va sertifikatlash talablariga va boshqalar
shuningdek, MH ning fan-texnika darajasini baholashni amalga oshiradilar
Tekshiruvda quyidagilar ko‘rib chiqiladi:
Boshqaruv organlari, shuningdek, davlat nazorat organlarining takliflari.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha quyidagilar keltirilgan akt tuziladi:
MH ning fan-texnik darajasini baholash natijalari
Uning talablarining jahon darajasiga mosligi
Quyidagilar bo‘yicha takliflar:
- MH ning keyinchalik ham qayta ko‘rib chiqishsiz va o‘zgartirishlarsiz qo‘llanishi
- MH ning o‘zgartirilishi
- MH ning qayta ko‘rib chiqilishi
- MH ning bekor qilinishi
4. Bog‘liq MH larning qayta ko‘rib chiqilishi, o‘zgartirilishi yoki, bekor qilinishi bo‘yicha takliflar.
MH ni qayta ko‘rib chiqish
Qayta ko‘rib chiqishda amaldagi MH o‘rniga yangisini ishlab chiqishadi. Yangi MH da uning qaysi MH o‘rniga ishlab chiqilgani ko‘rsatiladi. MH ning nomlanishi saqlab qolinadi, faqatgina tasdiqlangan yili o‘zgartiriladi. Masalan: O‘z DSt 640:2001 o‘rniga O‘z DSt 640:2007 ishlab chiqilgan. Mahsulot MH ini u bo‘yicha tayyorlanadigan mahsulot yangi MH ning talablari bo‘yicha tayyorlanadigan mahsulotga muqobil bo‘la olmaydigan holda qayta ko‘rib chiqiladi.
Ishlab chiqarilgan Me'yoriy hujjat amal qilish muddatiga tugatilishi lozim. Me'yoriy hujjat amal qilish muddatidan oldin bajarilishi mumkin Muddatidan oldin ishlab chiqarish iste’molchining roziligiga asosan amalga oshirilishi kerak.
Me'yoriy hujjat tayyorlangunga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish:
Me'yoriy hujjatni tasdiqlovchi organlar ruxsati orqali;
Yangi Me'yoriy hujjat talablariga javob bergan holda.
Agar, foydalanishda bo‘lgan mahsulotni ta'mirlash yoki unga ehtiyot qismlar tayyorlash kerak bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi tashkilot amaldagi MH ga o‘zgarish tayyorlaydi va uning ta'sir doirasi chegaralanadi. Masalan: "Standart faqatgina foydalanishda bol'gan mahsulotlar ta'miri va ehtiyot qismlari uchun ishlatiladi".
Bunda ilgari amalda bo‘lgan MH qayd etish raqami saqlab qolinadi, yangisiga esa yangi nom beriladi.