Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə5/26
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
5 ТМХЛ Амалий услубий 1

Texnik loyiha - ishlab chiqilayotgan buyumning tuzilishi haqida to‘liq tasavvur beruvchi va ishchi hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlang‘ich ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan loyiha hujjatlari to‘plamidir.
Texnik loyiha materiallar va yarim fabrikatlarni tanlashni amalga oshirish, mahsulot tayyorlashning asosiy prinsiplarini aniqlash va loyihani iqtisodiy jihatdan asoslab berish imkoniyatini beradi. Texnik loyiha belgilangan tartibda kelishilib, tasdiqlangandan keyin ishchi loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ilgari ishlab chiqilgan loyihaviy hujjatlar yangi loyihalarni ishlab chiqishda yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqishda qo‘llaniladi, bu esa loyihalash muddatlarini qisqartirishga olib keladi.
Ishlab chiqarishning loyihaviy tayyorgarligida texnik hujjatlar (chizmalar, yo‘riqnomalar va hokazo) va texnik shartlarni ishlab chiqish yakuniy bosqich hisoblanadi.
Texnik shartlar (TSh) mahsulot (buyum, material, modda va hokazo) texnik hujjatlari jamlanmasining ajralmas qismidir. Texnik shartlar mahsulotni ishlab chiqish, nazorat, qabul qilish va yetkazib berish bo‘yicha barcha talablarni o‘z ichiga olishi lozim. Bu talablarni loyihaviy yoki boshqa texnik hujjatlarda ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Berilgan mahsulotga loyihaviy yoki boshqa texnik hujjatlar bo‘lmagan taqdirda texnik shartlar mahsulotga nisbatan uni ishlab chiqarish, nazorat, qabul qilish va yetkazib berish bo‘yicha to‘liq talablar majmuini o‘z ichiga olish lozim. Texnik shartlar bitta buyum, material, moddaga shuningdek, bir nechta muayyan buyumlar, materiallar, moddalarga (guruhiy texnik shartlar) ishlab chiqiladi. Texnik shartlar tarkibi va bo‘limlar mazmuni mahsulotning o‘ziga xosligiga mos ravishda aniqlanadi.
Sinovlar va tajriba partiyasi me'yoriga yetkazilgandan so‘ng tugallangan ko‘rinishda ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligiga beriladigan ishchi loyiha aniqlashtirib olinadi. Loyihalashning barcha bosqichlarida buyumning barcha texnik va iqtisodiy tavsiflari aniqlashtiriladi, muayyanlashtiriladi va nihoyasiga yetkaziladi, mahsulotni takomillashtirishning dastlabki tanlangan yo‘lidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi aniqlab olinadi va uni ishlab chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Buyum loyihaviy tayyorgarligining yuqorida ko‘rib chiqilgan va belgilangan tartibi faqatgina to‘liq hajmda ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishlar, murakkab profilli mahsulotlar (avtomobillar, traktorlar, stanoklar va hokazo) uchun xosdir. Kichik seriali va bittalik ishlab chiqarish uchun, buyumning texnik murakkabligidan qat'iy nazar, ulardan har biri bo‘yicha bosqichlar soni va ish hajmi kamayadi.
Metallurgiya va kimyo sanoati tarmoqlarida, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, shuningdek, qazib chiqaruvchi tarmoqlarda mahsulotni loyihalash asosan amaliy tadqiqotlar, izlanishlar va ishlab chiqarishlar, shuningdek, ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi yordamida bajariladi. Ishlab chiqarishning loyihaviy tayyorgarligi uchun o‘tkazish, rasmiylashtirish va loyiha hujjatlari bilan ishlash bo‘yicha o‘zaro bog‘langan yagona qoidalar va nizomlarni o‘rnatuvchi, mos ravishda loyiha hujjatlarining yagona tizimi (LHYaT) nomini olgan sanoat, ilmiy-tadqiqot, loyiha- konstruktorlik tashilotlari va korxonalari tomonidan ishlab chiqiluvchi va qo‘llaniluvchi Davlat standartlari majmuiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Loyiha hujjatlarining yagona tizimini qo‘llash ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshliligini kafolatlaydigan, loyihalash vaqtini qisqartiruvchi, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi turli xil korxonalarda bu jarayonning zarur bo‘lgan bir xilligini ta'minlaydigan, ishlab chiqarishning ilmiy-texnik tayyorgarligini yuqori darajada ta'minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish imkonini beradi.


  1. Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin