Nazоrat savоllari: 1. Me`yoriy xujjatlarni tuzilishiga qanday talablar o’rnatilgan?
2. Me`yoriy xujjatlarning bayon qilishga talablarni aytib bering?
3. Me`yoriy xujjatlarning rasmiylashtirishga qanday talabalar bоr?
4. Me`yoriy xujjatlarning mazmuniga qo’ytlgan talablarni bilasizmi?
2-AMALIY MASHG‘ULOT. ISHLAB CHIQARISHNI TEXNIKAVIY TAYYORLASH.
Reja: Umumiy ma'lumotlar.
Ishlab chiqarishning loyihaviy tayyorgarligi.
Loyihaviy tayyorgarlik bosqichlari.
Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi.
Texnologik tayyorgarlik bosqichlari.
Texnologik tayyorgarlikni tashkil qilish.
UMUMIY MA’LUMOTLAR Moddiy-texnik bazani rivojlantirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil qilish bo‘yicha korxona faoliyati ishlab chiqarishning texnik tayyorgarligini taqdim qiladi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Tayyorlanayotgan mahsulot, texnika, texnologiyalarni takomillashtirish, qo‘llaniladigan materiallar tarkibi, ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog‘liq amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
Yangi mahsulotni loyihalashtirish va avval ishlab chiqarilganini modernizasiyalash;
Mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonini ishlab chiqish;
Tashqaridan maxsus asbob-uskunalar, jihozlar va yarim fabrikatlar sotib olish;
Ishlab chiqarishning moddiy-texnik ta'minoti;
Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Me'yor va me'yoriylikni, boshqaruv apparatining texnologik, texnik va tashkiliy tuzilishini, ma'lumotlar ta'minotini ishlab chiqish.
Texnik tayyorgarlik yangi yoki modernizasiyalangan mahsulotni samarali o‘zlashtirish, yangi murakkab mashina va asbob- uskunalarni joriy qilish, yangi texnologiyalarni kiritish va ishlab chiqarishni tashkil qilishda o‘zgarishlar qilish maqsadida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning texnik tayyorgarligi masalasiga fan va texnika yutuqlari asosida ishlab chiqarish jarayonlarini nisbatan yuqoriroq texnik va ijtimoiy texnik darajaga o‘tkazishni to‘liq kafolatlovchi texnik, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratib berish ham kiradi. Ishlab chiqarishning texnik tayyorgarligi loyihalashtirish va texnologik tayyorgarligini o‘z ichiga oladi.
Har xil turdagi, o‘lchamdagi va yo‘nalishdagi korxonalarda ishlab chiqarish tayyorgarligining har xil bosqichlari, har xil to‘lalikda berilgan bo‘lishi mumkin. Lekin har qanday holatda ham ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha bajariladigan ishlarning asosiy qismi korxona vakolatlari doirasida qoladi.
Ishlab chiqarishning loyihaviy tayyorgarligi
Ishlab chiqarishning loyihaviy tayyorgarligi yangi mahsulotni loyihalash va avvaldan ishlab chiqarilayotganini modernizasiyalash, shuningdek, korxona yoki uning alohida bo‘limlarini qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish loyihasini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Loyihalash jarayonida mahsulotning tasviri, uning tuzulishi, fizik- kimyoviy xususiyatlari, tashqi ko‘rinishi, texnik-iqtisodiy va boshqa ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Loyihaviy tayyorgarlikning natijalari texnik hujjatlar - chizmalar, kimyoviy mahsulotning resepturalari, materiallar, detallar va birikmalarning spesifikasiyalari, tayyor mahsulot namunalari va hokazalar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Yangi mahsulotni loyihalashtirish loyiha-texnologik va ilmiy- tadqiqot institutlari, ilmiy-texnologik markazlar, shuningdek korxonaning loyihalash bo‘limlari va laboratoriyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishning loyihaviy tayyorgarligining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Mahsulot sifatini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish;
Qurilmaning texnologik darajasini oshirish, bunda mahsulot tayyorlanishidagi harakatlarni yengillashtirish, ishlab chiqarishning berilgan topshiriq hajmida mahsulot tayyorlashning progressiv usullarini qo‘llash imkoniyati tushuniladi. Bu mahsulot tayyorlashda ishlab chiqarish manbalaridan yaxshiroq foydalanishni ta'minlaydi;
Buyum qurilmasini tayyorlash va takomillashtirish hisobiga yangi mahsulot tannarhining pasayishi, mahsulot birligiga ketadigan materiallar sarfining kamayishi, mahsulotdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ekspluatasion harajatlarning kamayishi;
Mahsulotni loyihalash paytida amaldagi standartlar va birxillashtirilgan yarim fabrikatlardan foydalanish;
Mehnatni muhofaza qilish va texnika havfsizligi shuningdek, yangi mahsulotni ekspluatasiya qilish va ta'mirlash qulayligini ta'minlash.