Nazorat savollari Ishlab chiqarishning loyihaviy va texnologik tayyorgarligining mazmuni nimada, ularning maqsad va vazifalari qanday?
Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi qanday hajmdagi ishlarni o‘z ichiga oladi?
Ishlab chiqarishning loyihaviy va texnologik tayyorgarligiga qanday talab va me'yorlar qo‘yiladi?
Loyihalash va texnologik hujjatlarning yagona tizimi, ishlab chiqarishning texnik tayyorgarligi qanday masalalarni hal qiladi?
3-AMALIY MASHG‘ULOT. BUYUMLAR KONSTRUKTSIYASINING TEXNOLOGIK KO‘RINISHLARI. BUYUMLAR KONSTRUKSIYASINING TEXNOLOGIK BAHOLASHNING KO‘RSATKICHLARI VA USLUBLARI.
UMUMIY MA’LUMOTLAR Buyum konstruktsiyasining texnologikligi Buyum konstruksiyasining texnologikligini ta'minlash tushunchasi mehnat unumdorligini oshirish, eng maqbul mehnat va materiallar sarfiga erishish, buyumni ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlashga ketadigan vaqtni qisqartirishga yo‘naltirilgan loyihaviy va texnologik masalalarni o‘zaro bog‘langan holda hal qilishni ko‘zda tutuvchi ishlab chiqarish tayyorgarlikni qamrab oladi.
Konstruktsiyasining texnologikligini darajali haqidagi ma'lumotlar loyihalashtirish hujjatlarni ishlab chiqish bosqichda konstruktiv yechimlarni maqbullashtirish jarayonida, buyumni ishlab chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish paytida, ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarliklarini taxlil qilishda, buyum konstruktsiyasining texnologik darajasini oshirish bo‘yicha chora- tadbirlar ishlab chiqishda va uni ishlab chiqarish hamda foydalanish samaradorligini oshirishda foydalaniladi.
Buyum konstruktsiyasining texnologikligini ta'minlash bu qurilmani ishlatish bilan birgalikda uning miqdoriy bahosini o‘z ichiga oladi. Bu ko‘rsatkich bazaviy (boshlang‘ich) ta'limotlar yordamida hisoblanadi. Buyum konstruktsiyasining texnologikligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar qatoriga buyumni tayyorlashning sermehnatligi, uning solishtirish material sarflanish hajmi, texnologik tannarhi, mehnattalabligi, texnik xizmat ko‘rsatish narhi va davomiyligi, qurilmani birxillashtirish darajasini kiritish mumkin.
Buyum konstruktsiyasining texnologikligini baholash paytida ko‘rstkichlarning eng kam, yetarli bo‘lmagan sonidan foydalanish lozim. Buyum konstruktsiyasi texnologikligini miqdoriy bahosining aniqligi, shuningdek, ko‘rsatkichlar ro‘yxati va ularni aniqlash uslublari mahsulot turi va uning qurilmasining ishlatish darajasi hamda ishlab chiqarish tipiga qarab o‘rnatiladi.
Buyum qurilmasini ishlatish paytida shuni nazarda tutish lozim- ki, bunda mahsulot turi uning yangiligi va murakkablik darajasi, tayyorlanish shart-sharoitlari, texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash shartlari, istiqbolliligi va ishlab chiqarish hajmi muhim rol o‘ynaydi.
Mahsulot (buyum) konstruksiyasi texnologiklikka sinovdan o‘tkazish quyidagi asosiy masalalarining yechimini ta'minlash lozim:
Mehnattalablik va buyumni tayyorlash tannarhinining pasayishi;
Buyum umumiy material sarfi muhim tarkibiy qismlari sarfining kamayishi - buyumni ishlab chiqaruvchi korxonadan tashqarida tayyorlash, yig‘ish va ta'mirlashda metall, yoqilg‘i- energetika manbalari sarfi.
Mehnattalablikni, buyumni tayyorlash va yig‘ish tannarhini pasaytirish bo‘yicha ishlar standartlashtirish va birxillashtirish vositasida buyum ishlab chiqarish seriasining oshirilishi, foydalaniladigan materiallar va konstruktsiya elementlarining tarkibiy qismlari nomenklaturasini cheklash, yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan va chiqindini kam chiqaruvchi texnologik yechimlarni qo‘llash, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishning maqbul darajasini ta'minlaydigan texnologik jihozlash standart vositalaridan foydalanish bilan birga olib boriladi. Texnik xizmat ko‘rsatish mehnattalabligi narhi va davomiyligini pasaytirish buyumni foydalanishga tayyorlash, shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatish, ta'mirlash va tashish shart- sharoitlari yengillashtirish va soddalashtirish yo‘li bilan harajatlarni kamaytirish imkonini beruvchi konstruktiv yechimlardan foydalanishni nazarda tutadi.
O‘z navbatida material sarfini kamaytirish bo‘yicha ishlar majmui quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Maqbul sort va markadagi materiallar, maqbul yarim fabrikat mahsulotlar olish usullari, detallarni mustahkamlashning maqbul uslub va rejimlarini qo‘llash;
Buyumning imkoniyatlarini oshirish, chiqindini kam chiqaruvchi va chiqindisiz texnologik jarayonlardan foydalanishga imkon beruvchi ilg‘or konstruktiv yechimlarni ishlab chiqish va qo‘llash;
Buyumning materiallar sarfini qisqartirishni ta'minlovchi maqbul konstruksiyasini ishlab chiqish.