Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим


Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə6/26
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
5 ТМХЛ Амалий услубий 1

Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi.

Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi mahsulotni loyihalashtirish ishlarining davomi hisoblanadi. Bu bosqichda qaysi tnxnik usullar va vositalar, ishlab chiqarishni tashkil qilish uslublari yordamida berilgan mahsulotni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozimligi belgilab olinadi, uning tannarhi va ishlab chiqarish samaradorligi uzil-kesil aniqlanadi. Bunday texnologiya har bir yangi turdagi mahsulot uchun ham, texnik darajani oshirish va ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish, ish sharoitlari va atrof- muhit muhofazasini yaxshilash maqsadida ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi texnologik jarayonlarni loyihalashtirishni o‘z ichiga oladi va bu jarayon aynan quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • Asbob-uskunalarni tanlash va sex maydoni bo‘ylab joylashtirish;

  • Maxsus texnologik jihozlarni aniqlash va loyihalashtirish;

  • Mehnat, materiallar, yoqilg‘i va energiya sarfini me'yorlashtirish.

Texnologik jarayon deganda boshlang‘ich materiallar, xomashyo va yarim fabrikatlarning holatlari, xususiyatlari, shakli va o‘lchamlarini o‘zgartirish yo‘li bilan mahsulot tayyorlash usullarining jamlanmasi tushuniladi. Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi jarayonida ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalash va avtomatlashtirish usullari ishlab chiqiladi, shuningdek ishlab chiqarishni tashkil qilishning ba'zi bir masalalari aynan esa: potok usulini joriy qilish, ish o‘rinlari va uchastkalarni tashkil qilish va jihozlash, transport vositalari va material, xomashyo, yarim fabrikatlar, mahsulotlarni saqlash vositalarini tanlash va hokazolar hal qilinadi.
Loyihalashtirilgan texnologik jarayon va shu asosda tanlab olingan asbob-uskunalar, ularning ish rejimidan kelib chiqqan holda mahsulot birligi uchun ish vaqti, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya va ishlab chiqarishning boshqa elementlari sarfi aniqlanadi.


  1. Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin