5-AMALIY MASHG‘ULOT. METROLOGIK EKSPERTIZA O‘TKAZISh VA UNING NATIJALARINI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI. Reja:
Metrologik ekspertiza o‘tkazish tartibi.
Ekspertiza natijalarini rasmiylashtirish.
UMUMIY MA’LUMOTLAR Davlat ro‘yxatiga taqdim qilinadigan barcha me'yoriy hujjatlar va ularga o‘zgarishlar to‘g‘risidagi xabarnomalar xalq xo‘jaligi, aholi, eksport va mamlakat mudofaasiga muvofiqlik bo‘yicha ilmiy- texnik darajadagi ekspertiza va taxlil o‘tkaziladi. Davlat standartlari (RST Uz 1.1-1.3-92, GOST - 1.5-93)ga muvofiq me'yoriy hujjatlar Davlat ro‘yxatiga qadar “O‘zstandart” agentligida ekspertizadan o ‘tkaziladi.
Me'yoriy hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning asosiy vazifalari.
Mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan me'yoriy hujjatlar to‘g‘risida iste'molchilarga va Davlat boshqaruv organlariga zarur va ishonchli ma'lumotlarni taqdim qilish;
Barcha amaldagi me'yoriy hujjatlarning yagona hisobi;
Me'yoriy hujjatlar ko‘rsatkichlari ma'lumotlarini chiqarishni ta'minlash;
- Ma'lumot-axborot kartochkasini yuritish.
Me'yoriy hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish tartibi 2 bosqichni ko‘zda tutadi. bosqich. Davlat ro‘yxatiga kirish paytidagi ekspertiza (me'yoriy hujjatlarning kirish nazorati). Bunda “O‘zstandart” agentligining organlari quyidagilarni tekshiradi:
Me'yoriy hujjatlarning jamlanganligini;
Asl nusxaning dublikati va yana 2 nusxa - davlat tilida va millatlararo so‘zlashuv tilida borligini;
Me'yoriy hujjatlar zaruriy ma'lumot-qidiruv alomatlarinnig to‘g‘ri yozilganligini;
Nomlanishi;
Belgilash;
OKP kodi; (Umumdavlat mahsulot klassifikatori).
Amalga kiritish yoki amal qilish muddati;
Ushbu hujjat qaysi normativ hujjatlar o‘rniga ishlab chiqilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar yoki “birinchi bor kiritilgan” degan yozuvning bo‘lishi;
RST Uz 1.1-1.3-92, GOST1.5-93 bo‘yicha ifodalanish, tuzulish va rasmiylashtirishning to‘g‘riligi;
Tekshirilayotgan me'yoriy hujjatlarda amaldagi standartlardan nusxa ko‘chirilmaganligi;
Me'yoriy hujjatlarning mikrofilmlashtirish talablariga muvofiqligi;
Hujjatning o‘zi va unga bo‘lgan avvalgi barcha o‘zgarishlarning ham ro‘yxatdan o‘tishi;
Me'yoriy hujjatlarning qiziqtiruvchi tomonlar bilan muvofiqlashtirilishi.