Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим


Loyihaviy tayyorgarlik bosqichlari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə4/26
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
5 ТМХЛ Амалий услубий 1

Loyihaviy tayyorgarlik bosqichlari

Buyurtmachi (korxona) buyurtmachi topshirig‘iga ko‘ra loyihalash tashkiloti tomonidan tuziladigan loyiha (texnik) topshirig‘i yangi mahsulotni loyihalashtirishda boshlang‘ich hisoblanadi. Loyiha topshirig‘ida mahsulot nomi, uning belgilanishi, qo‘llash sohasi, ishlab chiqarish jarayoni va foydalanishda texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlari ko‘rsatiladi. Loyiha topshirig‘i darajasida yangi qurilma yoki buyumning ilgari ishlab chiqarilganlariga nisbatan prinsipial farqlari aniqlangan bo‘lishi, original buyumlar zarurligining asoslari va ro‘yxati keltirilgan bo‘lishi iste'molchi uchun ham, ishlab chiqaruvchi uchun ham hisoblangan samaradorlikni hisobga olgan holda yangi mahsulot samaradorligining batafsil hisob-kitoblari keltirilgan bo‘lishi lozim.
Buyurtmachi loyiha topshirig‘ining tahlili va buyum yechimining mumkin bo‘lgan turli xil variantlarini taqqoslash, amalda bo‘lgan va ishlab chiqilayotgan buyumlarning qurilmaviy va foydalanishdagi o‘ziga hosligini hisobga olgan holda echimlarni solishtirma baholash, shuningdek patent materiallari asosida texnik taklif tuziladi.
Texnik taklif - bu loyihani kelgusida ishlab chiqish maqsadga muvofiqligini texnik va texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab beruvchi loyiha hujjatlarining to‘plamidir.
Texnik taklif belgilangan tartibda kelishilib, tasdiqlangandan keyin xomaki (texnik) loyihani ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Xomaki loyiha - buyumning tuzilishi va ishlash printsipi haqida umumiy tasavvurlarni beruvchi printsipial qurilmaviy yechimlar shuningdek, ishlab chiqilayotgan buyumning belgilanishi, asosiy parametrlari va gabarit o‘lchamlarini beruvchi loyiha hujjatlari to‘plamidir. Xomaki loyihani ishlab chiqishni yangi buyumning printsipial tavsiflari aniqlanadi, uning texnik, texnologik, ekspluatasion parametrlari va nisbatan samarali yechimlar tanlab olinadi.
Xomaki loyiha har doim keyinchalik ulardan birini tanlab olish uchun bir necha variantda tuziladi. Xomaki loyiha belgilangan tartibda kelishilib, tasdiqlangandan keyin texnik loyiha yoki ishchi loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin