Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим


Texnologik tayyorgarlik bosqichlari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə7/26
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
5 ТМХЛ Амалий услубий 1

Texnologik tayyorgarlik bosqichlari.

Texnologik loyihalashtirish yo‘nalish texnologiyasini loyihalashtirishdan boshlanadi. Uning mazmuni shundan iborat-ki, bunda asosiy operasiyalarni bajarish ketma-ketligi aniqlab olinadi va sexlarda bu operasiyalarni amalga oshiruvchi asbob-uskunalar guruhiga biriktiriladi. Bir vaqtning o‘zida jihozlarni tanlash, vaqt me'yorlari hisobi va ish razryadini belgilash amalga oshiriladi.
Ishchilardan talab qilinadigan malaka darajasi va mutaxassisligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Marshrut texnologiyasiga muvofiq har bir sex va uchastkaga ularning ixtisoslashtirish, korxona ishlab chiqarish tuzilmasidagi o‘rni va roliga qarab ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning ma'lum bir qismi biriktiriladi. So‘ngra har bir sex va uchastka uchun operasion texnologiyalar ishlab chiqiladi, bu operasion texnologiyalarning mazmuni texnologik kartalarda o‘z ifodasini topadi. Texnologik kartalar har bir ishlab chiqarish operasiyasini bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar va parametrlar ko‘rsatiladi.
Individual va kichik seriali ishlab chiqarishlarda, shuningdek, ishlab chiqarish texnologiyalari nisbatan oddiy bo‘lgan korxonalarda texnologik jarayonlarni ishlab chiqish odatda yo‘nalish texnologiyasini ishlab chiqish bilan cheklanadi.
Ommaviy va yirik seriali ishlab chiqarishlarda marshrut texnologiyasi izidan nisbatan mufassalroq bo‘lgan operasiyalar bo‘yicha texnologiyalar ishlab chiqiladi. So‘ngra bu etapda taklif qilinadigan barcha mumkin bo‘lgan texnologiyalardan eng maqbuli tanlab olinadi. Bunda ko‘rsatkichlar taqqoslanadi, mahsulot tannarxi va har xil variantlardagi ishlar hajmi solishtiriladi. Ishlab chiqarishning tanlangan texnologiyasi barcha variantlar bilan solishtirganda mahsulot tannarxining nisbatan pastroq bo‘lishi bilan birga mehnat unumdorligining oshishi, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatining talab darajasida bo‘lishini ta'minlashi lozim. Texnologik jarayonning eng yaxshi varianti ishlab chiqarishning berilgan sharoitlarida, boshqa istiqbolli variantlar ishlab chiqilgunga qadar bo‘lgan muayyan vaqt oralig‘i uchun rasmiy sifatda namunaviy deb qabul qilinadi.
Namunaviy texnologik jarayonlarning qo‘llanilishi texnologik operatsiyalar sonining cheklanishiga olib keladi. Ular bir tipdagi mahsulotlarga ishlov berish uslublari va bunda qo‘llaniladigan texnologik jihozlarning birxillashuvini amalga oshirish imkoniyatini beradi, harajatlar va texnologiyalarni loyihalashtirish davomiyligiga chek qo‘yuvchi shart-sharoitlarni yaratadi. Namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish quyidagi bosqichlarni nazarda tutadi: berilgan guruhdagi mahsulotga ishlov berishning texnologik yo‘nalishini aniqlash, operasiyalar bo‘yicha texnologik jarayonni tanlash, berilgan guruhdagi mahsulot uchun alohida elementlarga ishlov berish usullarini belgilash (bajarilishi lozim bo‘lgan texnologik operatsiyalar).
Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi, shuningdek, yangi (modernizasiyalashtirilgan) mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan maxsus texnologik asbob-uskunalar, texnologik jihozlar loyihalarini ishlab chiqish, tayyorlash va o‘rnatishni ham ko‘zda tutadi. Bu juda mehnat talab va qimmat turadigan ishdir, chunki bir qator yangi modellarni o‘zlashtirishda (masalan, avtomobillar va boshqa mashinalar) bir necha minglab qoliplar, moslamalar, modellar, o‘nlab avtomatik liniyalar tayyorlanadi. Shu sababli, texnologik murakkab profilli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik seriali va ommaviy ishlab chiqarishlarda yangi mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish korxonani rekonstruktsiya qilish va texnik qayta jihozlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi bo‘yicha ishlarni amalga oshirish paytida shuni ham hisobga olish lozim-ki, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish, mahsulot va ishlab chiqarish jarayonlarni modernizatsiya qilish moddiy va tashkiliy jihatdan tayyorgarlikni talab qiladi. Ishlab chiqarishning moddiy tayyorgarligi yangi asbob-uskunalar sotib olish, o‘rnatish va ishga tushurish, zarur jihozlar va moslamalarni sotib olish yoki tayyorlash, xomashyo va materiallar sotib olish, ya'ni ishlab chiqarishni barcha material-texnik manbalar bilan ta'minlashni ko‘zda tutadi. Ishlab chiqarishning tashkiliy tayyorgarligi ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish, ularni yangi mahsulot ishlab chiqarishga, yangi texnika va texnologiyalarga moslashtirishni o‘z ichiga oladi. Bunga, shuningdek, ishlab chiqarishning yangi xarakteriga muvofiq ravishda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, boshqaruv apparati tuzulishiga, mehnatning vazifaviy va shajaraviy taqsimlanishiga tuzatishlar kiritish ham kiradi.


  1. Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin