1 BOB. XO`JALIK (TADBIRKORLIK) HUQUQI TUSHUNCHASI
Bozor iqtisodiyoti shakllanishi sharoitida xo`jalik
(tadbirkorlik) huquqining roli
Respublikamizning
ijtimoiy-iqtisodiy
sohalarida
bozor
munosabatlarini tobora chuqurlashib borishi xo`jalik (tadbirkorlik)
huquqining ham rivojlanishiga sabab bo`ladi. Chunki rejali taqsimot tizimi
paytida barcha munosabatlar, shu jumladan tovar ishlab chiqarish ham,
yuqoridan berilgan buyruqlar, topshiriqlar, qarorlar asosida amalga
oshirilar edi. Ushbu mamuriy tizim tufayli respublikamizda xalq
xo`jaligining faqat bir sohasi, yani xom ashyo yetkazib berish
tuzilmasigina rivojlangan edi.
Shu sababli hozirgi kunda ham ayrim xom ashyolar: texnika
vositalari, asbob-uskunalar, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat mollari
vaqtincha chetdan keltirilmoqda.
Respublikamizda aksariyat mavjud korxonalarning qoloq texnika
vositalari bilan taminlanganligi ular tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning sifatsiz, bozor talabiga mos kelmay qolayotganligiga
sabab bo`lmoqda.
Buning ustiga ilgarigi bir tomonlama qabul qilingan, puxta
o`ylanmagan qarorlarga ko`ra amalga oshirish mo`ljallangan qayta
qurishning amalda barbod bo`lganligi oqibatida sobiq respublikalarning
barchasi iqtisodiy zarbalarga uchradi. Yoppasiga pulning qadrsizlanishi,
tovarlarning qimmatlashuvi, bir vaqtlar yagona bo`lgan moliya, pul-kredit
tizimining barbod bo`lishi, tarkib topgan xo`jalik aloqalarining buzilishi
O`zbekistonning ham iqtisodiy holatiga tasir ko`rsatmay qolmadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so`ng ichki iqtisodiy
munosabatlarimizni juda noqulay sharoitda boshlashga to`g`ri keldi. Ichki
iqtisodiy siyosatning mohiyati inson manfaatlariga qaratilib, mehnatni
rag`batlantirish, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini davlat yo`li bilan
himoya qiladigan bozor iqtisodiyotini qurishdan iborat bo`ldi.
Tarixiy tajribadan malumki, ko`pgina mamlakatlarda iqtisodiy
rivojlanish va aholining turmush darajalarida tafovutlar bo`lishiga
qaramay, ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichiga bozor iqtisodiyoti
juda mos kelmoqda va samarali harakat qilmoqda.
Bozor munosabati haqida Prezidentimiz juda aniq tarif berganidek,
faqat uyushgan bozorgina bugungi kunda halqning ijodiy va mehnat
imkoniyatlarini ochib bera oladi, boqimandalikka xotima beradi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira oladi, rag`batlantirishni va
yo`qotilgan xo`jayinlik tuyg`usini qayta tiklaydi.
Ishlab chiqaruvchining hukmini sindirish, ishlab chiqarishni
istemolchinining manfaatlariga bo`ysundirish, mahsulotga bo`lgan talabni
aniq hisobga olish, konyuktura o`zgarishlariga qarab tezlikda ish tutish
imkonini beradi. Tejamli xo`jalik yuritishning kuchli oqilona jihatlarini
yaratadi, harajatlarni kamaytiradi, talon tarojga qarshi kurashadi.
Faqat bozorgina yangiliklarga sezgirlik qilib, fan va texnikaning eng
so`nggi yutuqlarini dadil va g`ayrat bilan joriy etadi, o`z ishining ustasiga,
kasb mahoratiga munosib baho beradi.
1
Bozor munosabatlari Respublikamizda borgan sari chuqurlashib
bormoqda. Moddiy ishlab chiqarish va ayriboshlash tobora rivojlanmoqda.
Lekin uning o`ziga xos xususiyatlariga ham etibor berish lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish muammolariga tik ko`z bilan qarash
kerak, degan edi I.A. Karimov. Bozor iqtisodiyotining faqat ijobiy
tomoninigina emas, balki uning salbiy tomonini ham ko`ra bilish kerak.
Bozorga, ayniqsa uning shakllanish bosqichida uzoq va chuqur iqtisodiy
inqirozlar, ishsizlikning o`sishi, pulning qadrsizlanishi, ko`pgina
korxonalarning sinishi va ishbilarmonlarning xonavayron bo`lishi,
aholining moddiy taminot jihatidan keskin tabaqalashuvi, huquqqa zid
xatti-harakatlar va jinoyatlarning o`sishi xosdir. Bozorning bu illatlarini
bilish, ularga tayyor turish, ularni bartaraf etish yuzasidan to`g`ri
yechimlar topa bilish kerak.
2
Demak, bozorga o`tish, bu hozirgi davrdagi muqarrar jarayondir.
Ayni vaqtda bozor bu faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni
shakllantirish, odamlar farovonligining sifat jihatidan tubdan yuqori
darajasiga erishish uslubi va vositasidir.
Shu sababli bozor munosabatlari korxona, tashkilotlarning va boshqa
turdagi tovar, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o`zaro shartnomaviy
munosabatlari bilan uzviy bog`liqdir.
Bozor munosabatlari davridagi tovar ishlab chiqarish va uni
iste’molchilarga
yetkazib
berish
bilan
bog`liq
jarayonlar
respublikamizning bir qator qonunlarida, jumladan, Fuqarolik Kodeksi
3
,
«Mulkchilik to`g`risida”
4
, «Ijara to`g`risida”
5
, «Qishloq xo`jaligi
1
Кaримoв И.A. Ўзбeкистoннинг ўз истиқлoл вa тaрaқиѐт йўли. –Т.: Ўзбeкистoн, 1992. 24-бeт.
2
Кaримoв И.A. Ўзбeкистoннинг ўз истиқлoл вa тaрaқиѐт йўли. –Т.: Ўзбeкистoн, 1992. 28-бeт.
3
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Фуқaрoлик Кoдeкси. –Т.: Aдoлaт, 1998 й.
4
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлиси Axбoрoтнoмaси, 1990 й., 31-33-сoн.
5
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлиси Axбoрoтнoмaси, 1992 й., 1-сoн, 45-мoддa.
www.ziyouz.com kutubxonasi
kooperativi
(shirkat xo`jaligi) to`g`risida”
1
, «Dehqon xo`jaligi
to`g`risida”
2
, «Fermer xo`jaligi to`g`risida”
3
,
“
Tadbirkorlik faoliyati
erkinligining kafolatlari to`g`risida”
4
gi va boshqa bir qator qonunlar bilan
huquqiy tartibga solinadi. Ana shu va shunga o`xshash boshqa qonunlar
bozor munosabatlarini tartibga soluvchi muhim huquqiy hujjatlar bo`lib
hisoblanadi. Xo`jalik huquqi esa ushbu qonunlarga tayanib rivojlanadi,
bozor iqtisodiyotining shakllanish jarayonida muhim huquqiy vosita bo`lib
xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |